Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi xalqaro hamkorlikni ta’lim, ilmiy va kasbiy faoliyatning muhim yo‘nalishi sifatida rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadi. Kafedraning xalqaro aloqalari akademik hamkorlikni kengaytirish, klinik farmakologiya va farmakoterapiya sohasida zamonaviy tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy xalqaro standartlarga muvofiq tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan.
Klinik farmakologiya kafedrasi yangi hamkorlik tashabbuslariga ochiq bo‘lib, xalqaro hamkorlik geografiyasini yanada kengaytirish, barqaror akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda klinik farmakologiya, oqilona farmakoterapiya va zamonaviy tibbiyot fanini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdor.
Kafedra quyidagi oliy ta’lim muassasalarining klinik farmakologiya kafedralari bilan aloqalar o‘rnatgan va hamkorlik qiladi:

Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti Farmakologiya Klinik farmakologiya kursi bilan kafedrasi bilan (kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor Samorodov A.V.)

Rossiya Federatsiyasi N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti Klinik farmakologiya kafedrasi bilan (kafedra dotsenti Jdanova O.A.)

Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti Bazaviy va klinik farmakologiya kafedrasi bilan (kafedra dotsenti Burkanov A.E.)