Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

  Klinik farmakologiya zamonaviy tibbiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, dori vositalaridan samarali, xavfsiz va oqilona foydalanishni ta’minlash, davolash samaradorligini oshirish hamda nojo‘ya dori reaksiyalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda klinik farmakologiya fanining rivojlanishi, uning tibbiyot amaliyotiga keng joriy etilishi va ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlash tizimining shakllanishida klinik farmakologiya kafedralarining tashkil etilishi muhim o‘rin tutadi. 

  O‘zbekistonda klinik farmakologiya kafedrasi ilk bor 1982-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutida professor K.N. Najmutdinov tomonidan tashkil etilgan.

  Samarqandda klinik farmakologiya kafedrasining tarixi 1985-yildan boshlanadi. Akademik I.P. Pavlov nomidagi Samarqand tibbiyot institutida Klinik farmakologiya kafedrasi dotsent, keyinchalik tibbiyot fanlari doktori, professor D.N. Ibadova rahbarligida tashkil etilgan.

  Keyingi yillarda kafedra tashkiliy jihatdan rivojlanib, farmakologiya va ichki kasalliklar yo‘nalishlari bilan birgalikda faoliyat olib bordi.

  2013-yil 1-dekabrdan 2017-yil avgustigacha Ichki kasalliklar, farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Sh.X. Ziyadullaev rahbarlik qildi.

  2017-yil sentyabridan 2020-yil avgustigacha Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasini tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent S.Z. Yo‘ldoshev boshqardi.

  2020-yil sentyabr oyidan Klinik farmakologiya kafedrasiga I.R. Abduraxmonov mudir etib tayinlandi. Uning rahbarligida kafedraning o‘quv, ilmiy-uslubiy va amaliy faoliyati davom ettirildi.

  2025-yil mart oyidan, I.R. Abduraxmonov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan, O.A. Siddiqov Klinik farmakologiya kafedrasi mudiri etib tayinlandi.

  Bugungi kunda Klinik farmakologiya kafedrasi o‘zining ko‘p yillik boy tarixiy tajribasi va shakllangan ilmiy an’analariga tayangan holda, zamonaviy tibbiyotning dolzarb talablariga hamnafas ravishda faoliyat yuritib kelmoqda. Kafedraning asosiy faoliyati yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, klinik farmakologiya sohasida ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, dori vositalaridan oqilona va xavfsiz foydalanish tamoyillarini amaliyotga joriy etish hamda tibbiy ta’lim va amaliy tibbiyot taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qaratilgan. Kafedraning ko‘p yillik ilmiy va pedagogik faoliyati, ustozlar tomonidan yaratilgan boy tajriba va an’analar bugungi avlod uchun mustahkam ilmiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.