Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universitetiga xitoylik neyroxirurglar delegatsiyasi taşrif buyurdi

  2026-yil 17–19-noyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi Şinjon tibbiyot universitetining Birinçi klinikasi Neyroxirurgiya markazi direktori, professor Wang Yongxin boşçiligidagi neyroxirurglar delegatsiyasi taşrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida neyroxirurg mutaxassislar Feng Zhaohai, Maimaitili Mijiti va Fu Qiang ham iştirok etdi.

  Taşrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Köp tarmoqli klinikasi Neyroxirurgiya kafedrasi va bölimida xorijlik mutaxassislar iştirokida ilmiy-amaliy uçraşuv taşkil etildi. Unda xitoylik neyroxirurglar özlarining klinik tajribalari, zamonaviy jarrohlik usullari va murakkab klinik holatlar yuzasidan ma’ruzalar bilan çiqiş qildilar. Ma’ruzalar davomida neyroonkologiya, funksional neyroxirurgiya, epilepsiyani jarrohlik yöli bilan davolaş hamda neyroendoskopiya yönalişlari böyiça tajriba almaşildi.

  Ilmiy-amaliy uçraşuvdan söng xorijlik mutaxassislar va mahalliy neyroxirurglar hamkorligida 40 nafardan ortiq bemorning konsultativ körigi ötkazildi. Bemorlarning klinik holati, MRT va MSKT tekşiruvlari natijalari birgalikda tahlil qilinib, davolaş taktikasi hamda jarrohlik amaliyotiga körsatmalar muhokama qilindi. Şuningdek, neyroxirurgiya bölimida statsionar davolanayotgan bemorlar ham körikdan ötkazildi.

  Taşrif davomida uçinçi miya qorinçasi kolloid kistasi taşxisi qöyilgan bemorda neyroxirurgik operatsiya muvaffaqiyatli ötkazildi. Mazkur klinik holat yuzasidan xorijlik va mahalliy mutaxassislar örtasida amaliy tajriba almaşildi.

  Delegatsiya a’zolari Samarqand davlat tibbiyot universitetining tarixi muzeyi, xalqaro hamkorlik faoliyati hamda Köp tarmoqli klinikaning klinik bölimlari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, mehmonlarga klinikaning mavjud imkoniyatlari va neyroxirurgiya xizmatini yanada rivojlantiriş böyiça istiqboldagi rejalar taqdim etildi.

  Mazkur taşrif Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Şinjon tibbiyot universiteti örtasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni mustahkamlaş, neyroxirurgiya sohasida xalqaro tajriba almaşiş hamda mutaxassislarning kasbiy malakasini oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.


SamDTU Matbuot xizmati