Ilmiy to'garak
"Nurli diagnostika va terapiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh radiologlar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va Respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferensiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar zamonaviy nur tashxisi va terapiyasining dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning eng ko‘p uchraydigan muammolari bo‘yicha respublika ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlari uchun tadqiqot ishlarini tayyorlaydilar.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning zamonaviy nur diagnostikasi muammolari bilan qiziquvchi barcha talabalar to‘garak a’zolarining yutuqlarini rag‘batlantirib, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Giyasova Nigora Kobilovna, bugungi kunda u assistent, shuningdek 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.
Kurs sardori: R. Giyasova, davolash fakulteti 6-bosqich talabasi, 23 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Samarqand 2020"olimpiadaning 1 va 3 darajali diplom sohibi.


