Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Xirurgiya va onkologiyaning dolzarb masalalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Xalqaro anjumanda mamlakatimiz bilan bir qatorda Rossiya hamda Ozarbayjondan soha mutaxassislari ishtirok etdilar.
Anjuman ochilishida so‘zga chiqqan Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev tashkil etilgan anjumanning xirurgiya va onkologik kasalliklar bilan kurashish sifatini oshirishga sezilarli ilmiy va amaliy hissa qo‘shishini ta’kidlab, anjuman ishiga omad tiladilar.
Yalpi majlisdan so‘ng anjuman o‘z ishini 5 ta sho‘ba bo‘yicha davom ettirib, “Xirurgiya va toraktal onkologiyaga zamonaviy yondashuvlar”, “Zamonaviy onkourologiya”, “Bosh va bo‘yin o‘smalarining dolzarb muammolari”, “Onkomammologiyaga zamonaviy yondashuvlar” kabi bir qator dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilndi.
Shuningdek, anjuman doirasida “Sigmasimon ichakning laparoskopik rezektsiyasi”, “Oshqozon-ichak o‘smalarini laporoskopik usulda olish”ga qaratilgan bir nechta murakkab, zamonaviy jarrohlik amaliyotlari bajarilishi rejalashtirilgan.










SamDTU Matbuot xizmati