Joriy yilning 3-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Ozarbayjon tibbiyot universiteti rektori Geray Geraybeyli boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda unda yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, SamDTU tarixi muzeyiga ham tashrif amalga oshirilib, qariyb yuz yillik tarixga ega oliygoh haqida qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar ulashildi.
Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikkala tomon ham hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga va birgalikdagi loyihalar istiqboliga umid bog‘ladilar.











SamDTU Matbuot xizmati