Xalqaro hamkorlik
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi ta’lim, fan va amaliy tibbiyot sohalarida xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib kelmoqda. Kafedraning xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish, ilmiy aloqalarni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim tadbirlarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish hamda tibbiyot kadrlarini tayyorlashda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishdan iborat.
Xalqaro hamkorlik doirasida zamonaviy nurli diagnostika, nur terapiyasi, travmatologiya va ortopediya sohalarining dolzarb masalalarini muhokama qilish, tajriba almashish, ma’ruzalar, mahorat darslari va ilmiy munozaralar o‘tkazish maqsadida xorijiy ta’lim muassasalari hamda tibbiyot tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari, professor-o‘qituvchilari va olimlari kafedraga tashrif buyuradilar.
Akademik va ilmiy aloqalarni rivojlantirish doirasida kafedraga Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti (Qozog‘iston Respublikasi) professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar:
- Ubaydayeva Amina Bilalovna — Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti katta o‘qituvchisi (Qozog‘iston);
- Aldabergenova Shiray Adilxanovna — Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti katta o‘qituvchisi (Qozog‘iston).

Ilmiy-amaliy hamkorlik doirasida kafedra Rossiya Federatsiyasining yetakchi mutaxassislari ishtirokidagi ta’lim tadbirlarida ham qatnashdi:
- Grigoryev Pyotr Vladimirovich — xususiy sog‘liqni saqlash muassasasi «Travmatologiya va ortopediya RJD-Meditsina» travmatologiya bo‘limi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi). Ma’ruza mavzusi: «Travmatologiya va ortopediya: rivojlanish tendensiyalari»;
- Linnik Stanislav Antonovich — tibbiyot fanlari doktori, professor (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi). Ma’ruza mavzusi: «Tayanch-harakat tizimi jarrohlik davolashining zamonaviy yondashuvlari va rivojlanish istiqbollari»
Shuningdek, kafedra yaqin xorij mamlakatlarining yetakchi mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantirib kelmoqda. Hamkorlik doirasida kafedraga quyidagi mutaxassis tashrif buyurdi:
- Qodirova Aliya Ishenbekovna — tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, I.K. Axunboyev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi mudiri.

Nurli diagnostika va terapiya kafedrasi xorijiy universitetlar, ilmiy markazlar va klinik muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirishda davom etmoqda hamda jahon ta’lim va ilmiy makoniga integratsiyalashuvni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilagan.