Joriy yilning 22-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Xitoyning Zhejianguniversiteti tibbiyot maktabi vakillari tashrif buyurdi.
Zhejiang universiteti tibbiyot maktabining 4-shifoxonasi vitse-prezidenti Tang Zhe boshchiligidagi delegatsiyani SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Uchrashuvda ikki oliygoh negizida onkologiya sohasida keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, birgalikdagi ilmiy va amaliy ishlarni rivojlantirish, kelgusida talabalar hamda xodimlarning uzoq va qisqa muddatli malaka oshiruvini tashkil etishga kelishildi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan memorandum imzolandi.
Shuningdek, tashrif doirasida Xitoylik mutaxassislar tomonidan SamDTU Onkologiya kafedrasida yuqori texnologik Kombinirlashgan Laparoskopik jigar rezeksiyasi, jigar radioablyatsiyasi amaliyoti hamda Jigar radioablyatsiyasi bajarilib, mahorat darsi o‘tkazildi.
SamDTU Matbuot xizmati