×
Menu
Close Menu

​Iordaniya ta’lim vaziri SamDTUga tashrif buyurdi

  Joriy yilning 1-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Iordaniya ta’lim vaziri AZMI Mahafzah tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida Iordaniya ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri Samarqand davlat tibbiyot universiteti va unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zamonaviy ta’lim tizimi va metodikalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldi. Shuningdek, SamDTU tarixi muzeyiga ham tashrif amalga  oshirilib, qariyb yuz yillik tarixga ega oliygoh haqida qiziqarli va qimatli ma’lumotlar ulashildi.

  Iordaniya ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vaziri AZMI Mahafzah Samarqand davlat tibbiyot universiteti ta’lim tizimi negizida mamalakatimiz ta’limi va sog‘liqni saqlash sohasi rivojiga katta umid bildirdi.


SamDTU Matbuot xizmati