Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimizning taniqli ijodkorlari Sirojiddin Rauf, Shodiqul Hamroyev hamda Baxtiyor Abdug‘ofurovlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Dastlab mehmonlar SamDTU va undagi yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, universitet tarixi muzeyiga tashrif buyurdilar hamda ta’lim muassasasining tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tashrif davomida talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, ochiq davra suhbatida adiblar o‘z hayot va ijod yo‘llari haqida xotiralarini o‘rtoqlashdilar. Ijod, ilm va ma’rifat borasida fikr almashildi.
Mehmonlar SamDTUga biriktirilgan maktabda ham bo‘lib, maktab o‘quvchilari bilan ham qiziqarli davra suhbati o‘tkazdilar.
Shuningdek, yashil makon doirasida mehmonlar tomonidan ko‘chatlar o‘tqazildi.
Adiblar bilan tashkil etilgan mazkur keng qamrovli uchrashuvlar yosh avlodni ilmli, ma’rifatli hamda madaniyati yuksak inson bo‘lib voyaga yetishiga o‘z hissasini qo‘shadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.



















SamDTU Matbuot xizmati