×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari XI Belarus stomatologik kongressida ishtirok etdilar

  2025-yil 29–31-oktyabr kunlari Belarus Respublikasida XI Belarus stomatologik kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli xalqaro ilmiy-amaliy tadbirda Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ishtirok etdi.

  Kongress doirasida stomatologiya sohasining dolzarb masalalari, zamonaviy diagnostika va davolash usullari, shuningdek, tibbiy ta’limni modernizatsiya qilish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

  29-oktyabr kuni MDH davlatlari ijroiya mahkamasida MDH davlatlari stomatologlar assotsiatsiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev qatnashdi. Yig‘ilishda stomatologiya fanini rivojlantirish, stomatologik ta’limni barcha davlatlarda unifikatsiya qilish va ta’lim dasturlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilinib, berilgan tavsiyalar ijroga qaratildi.

  Mazkur kongress universitet jamoasi uchun stomatologiya yo‘nalishida ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, yangi ilmiy yutuqlar bilan tanishish hamda xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘ldi.


SamDTU Matbuot xizmati