Joriy yilning 13-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Talabalar teatr studiyalari" tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda fakultet jamoalari o‘zlari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, diplom hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin Pedogogika va psixologiya fakulteti jamoasining "Kichik xonimlar" spektakli
2-o‘rin Stomotologiya fakulteti jamoasining "Jadidlar" spektakli
3-o‘rin Biotexnologiya, injinering va farmatsiya fakultetining "Usmon Nosir" va Davolash ishi fakultetining "Sen yetim emassan" spektakli










SamDTU Matbuot xizmati