×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti "Psixomotor reabilitatsiya markazi"ni ochadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bugungi kunga qadar sogʻliqni saqlash tizimi hamda tibbiy taʼlim sifatini oshirish, sohaga jahon tajribasini joriy qilish maqsadida dunyoning koʻplab mamlakatlaridagi muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatib kelmoqda.

  Jumladan, joriy yilning 4-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Fransiyaning Psixomotor reabilitatsiya bo'yicha davolash, diagnostika va ta'lim markazi delegatsiyasi tashrif buyurdi. Tashrif davomida SamDTU rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, oʻzaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Shuni ta'kidlash joizki oxirgi bir yil davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Fransiyaning Psixomotor reabilitatsiya bo'yicha davolash, diagnostika va ta'lim markazi o'rtasida hamkorlikka qaratilgan muzokaralar olib borilayotgan bo'lib, ushbu hamkorlik Samarqand davlat tibbiyot universiteti tasarrufida eabilitatsiya bo'yicha davolash, diagnostika va ta'lim markazini ochish hamda bigalikda malakali kadrlar tayyorlashni yo'lga qo'yishni nazarda tutadi.

  Fransiyaning mazkur markazi bilan Psixomotor reabilitatsiya bo'yicha davolash, diagnostika va ta'lim markazining ochilishi autizm, parkinson, epilepsiya, apraksiya kabi psixomotor kasalliklarning reabilitatsiyasini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi.

  Yakuniy muhokamalardan so'ng ikki tomonlama hamkorlikka qaratilgan memorandum imzolandi.

  Ma'lumot uchun: ISRP Paris (Institut Supérieur de Rééducation Psychomotrice) — bu 1967-yilda Fransiyada tashkil etilgan reabilitatsiya davolash, diagnostika va ta'lim markazi.

  Markaz psixomotoriya sohasida mutaxassislar — ya’ni harakat va ruhiy rivojlanish bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarni tayyorlaydi. Institutning asosiy kampusi Parij yaqinidagi Boulogne-Billancourt shahrida joylashgan. ISRP Fransiyada psixomotoriya bo‘yicha eng nufuzli va yirik maktablardan biri hisoblanadi.


SamDTU Matbuot xizmati