Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni – yangi ilmiy mavzuni o'rganish, uni tekshirish, tajribalar o'tkazish, ma'lumotlarni izlash va o'rgatish, tahlil qilish va umumlashtirish, oxirida esa loyihani umumlashtirish va asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishi haqida tushuncha berishdir. Tadqiqotchi ma'lumotlardan to'g'ri foydalanishi, matnni mantiqiy ravishda tuzishi, terminologiyani qo'llashi, fikrlarni bayon qilishi va xulosalar chiqarishi kerak. Ilmiy – tadqiqot ishlarining maqsadi bilimlarni, ilmiy fikrlashni rivojlantirish, yangi ma'lumotlarni o'zlashtirish va uni mustahkamlash, ilmiy ish olib borish ko'nikmalarini egallashdir. Bu ma'lumot to'plash, uni tahlil qilish va faqat eng muhimlarini ajratish, original g'oyalar va echimlarni topish qobiliyatidir.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 1 nafar xodim tibbiyot fanlari doktori (Rabbimova D.T.), 4 nafar xodim tibbiyot fanlari nomzodi (Uralov Sh.M., Ibatova Sh.M., Jalilov A.X., Shadiyeva X.N.), 1 nafar xodim – Shavdirova G.M. PhD, 6 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Achilova F.A., Tuxtayeva M.M., Abdukadirova N.B., Mamutova E.S., Qodirova M.M., Najimov Sh.R.) va 2 nafar xodim bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.
So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 520 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 4 ta darslik, 22 ta o'quv qo'llanma, 7 ta monografiya, 24 ta elektron dastur, yetakchi mahalliy va xorijiy jurnallarda 284 dan ortiq maqolalar, hamda 22 dan ortiq SCOPUS va Web of Science maqolalar chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan xorijiy hamkasblar bilan vebinarlar tashkil etilgan, xodimlar xalqaro konferensiyalarda ma'ruzalar bilan ishtirok etishgan, barcha xodimlar xalqaro konferensiyalar ishtirokchilarining sertifikatlariga ega.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan darsliklar va o’quv qo’llanmalari
| № | Mualliflar | Chop etilgan darsliklarning nomi |
| 1 | Rabbimova D.T., Shadieva Kh.N., Abdukadirova N.B | Propaedeutics of children`s diseases. |
| 2 | Rabbimova D.T., Ibatova Sh.M., Shadieva Kh.N. | Bolalar kasalliklari propedevtikasi |
| 3 | J.A. Rizayev, A.G. Gadayev, Sh. A Xusinova, A.T. Djurabekova, L.M. Garifulina, D.T. Rabbimova | Основы здоровья 5-класс |
| 4 | Turaqulov A.F., Uralov Sh.M. | Pediatriya va neonatologiyada hamshiralik ishi |
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o’quv qo’llanmalar
| № | Mualliflar | Chop etilgan qollanmaning nomi |
| 1 | Rabbimova D.T. | Bolalar kasalliklari propedevtikasi fanidan vaziyatli masalalar. |
| 2 | Jalilov A.X., Achilova F.A. | Pediatriyada tibbiyot kasbiga kirish |
| 3 | Sh.M. Uralov, Sh.M. Ibatova, Kh.N.Shadieva | Fundamentals of Children’s Health |
| 4 | B.A.Yuldashev, F.X. Mamatqulova, Sh.M.Ibatova, N.Yo. Ruziqulov | Bolalar diyetologiyasi asoslari |
| 5 | Jalilov A.X., Achilova F.A. | Bolalar kasalliklari propedevtikasi |
| 6 | Sh.M. Uralov, Sh.M. Ibatova | Bolalar salomatligi asoslari |
| 7 | Kh.N. SHadieva, N.B. Abdukаdirovа, M.M. Tuxtayeva | Anatomo-physiological features of the nervous system in children, psychomotor development and semiotics of diseases |
| 8 | Kh.N. Shadieva, M.M. Tuxtayeva | Clinical symptoms and diagnostics of kidneys diseases in children |
| 9 | Kh.N. Shadieva | Methods of checking a healthy and sick child |
| 10 | Turaqulov A.F., Uralov Sh.M. | Bolalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari va kasalliklarda hamshiralik parvarishi |
| 11 | Turaqulov A.F., Uralov Sh.M., Yarmuxamedova N.A. | Bolalar yuqumli kasalliklari va shoshilinch holatlarda hamshiralik parvarishi |
| 12 | Ibatova Sh.M., Achilova F.A., Mamatkulova F.X. | Bolalarda organ va tizimlarning xususiyatlari, kasalliklar semiotikasi |
| 13 | Rabbimova D.T. Abdukadirova N.B | Anatomical and physiological features of organs and systems in children |
| 14 | Rabbimova D.T., Jalilov A.X., Achilova F.A. | Sog’lom bolalarni ovqatlantirish mezonlari |
| 15 | Rabbimova D.T. | Bolalar kasalliklari propedevtikasi jadvallar va diagrammalarda |
| 16 | Sh.M. Uralov | Bolalar salomatligini shakllantirish asoslari |
| 17 | Ibatova Sh.M., Achilova F.A. | Bolalarning o’sishi va rivojlanishi |