Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasida 2, 3 kurs pediatriya va davolash ishi fakulteti talabalari «Bolalar kasalliklari propedevtikasi» fani dasturi asosida taxsil olishadi.
Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Universitetning Baholash Nizomi O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24- dekabrdagi PQ-60-son "Davlat Oliy ta'lim muassasalarining akademik va tashkiliy boshqaruv mustaqilligini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va PQ-61-son “Davlat oliy ta'lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari xamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 01-apreldagi PQ-188-son "Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to'grisida"gi qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 19-2018-son buyrug'i (Adliya vazirligidan ro'yxatdan o'tgan 2018-yil 26-sentabr, 3069-son) bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi" Nizom hamda mazkur vazirlikning 2018-yil 9-sentabrdagi 820-sonli buyrug'iga, O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 2020-yil 8-sentabrdagi "Tibbiyot va farmasevtika oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etish bo'yicha me'yoriy hujjatlami tasdiqlash to'g'risida"gi №236-sonli buyrug’lari asosida ishlab chiqilgan, hamda universitetda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi tartibini belgilaydi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
- Kvalifikatsion xarakteristika;
- Davlat ta’lim standartlari;
- O’quv dasturi;
- Sillabus;
Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
- O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
- tasdiqlangan tashxis standartlari;
- xalqaro tavsiyalar;
- zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
SamDTU o'quv jarayonida l-4 kurslarda kredit-modul tizimi kredit to'plash va ko'chirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) ga muvofiq tashkil qilinadi. Kreditlarni ko'chirish oliy ta'lim muassasasida baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa oliy ta'lim muassulsasida tuzilgan shunga o'xshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi.
Talabaning amaliy, seminar mashg'ulotlari va mustaqil ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg'ulotlaridagi faolligi fan o'qifuvchisi tomonidan baholab boriladi.
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni Samarqand viloyati ko’p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining barcha bo’limlarida ko’rish tashkil etilgan.
Ulashish