Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi t.f.n., dots. Jalilov A.X. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib boradi:
- Prezident Sh.M. Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
- respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
- talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
- talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
- dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
- talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
- o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish.
Kafedrada axborot soatlari belgilangan rejaga binoan har payshanba va juma kunlari manaviyat bo’limining ko’rsatmasiga binoan reja asosida o’tkaziladi. Axborot soatlarini rejalashtirish va uni o’tkazish uchun kafedradagi mas’ul xodim dots. Jalilov A.X –va boshqa kafedra xodimlari manaviyat bo’limi tomonidan taqdim etiladigan yo’riqnoma asosida doimiy ravishda axborot soatlari muntazam ravishda o’tqazib boriladi.
Har yili kafedra xodimlari o’zlariga biriktirilgan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalariga borib, sog’lom turmush tarzi hamda shaxsiy gigienik tartib-qoidalar to’g’risida bolajonlarga tushuncha berishadi.
Bundan tashqari Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi xodimlari talabalar turar joylariga borib ham, faol ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishadi.
O’zbekiston Respublikasi mustailligi, Abu Ali ibn Sinoning tug’ilgan kuni, 1-dekabr - OITS ga qarshi kurashish kuni, Konstitutsiya kuni, Yangi yil bayrami, Vatan himoyachilari kuni, A. Navoyining ijodiy merosi haqida, A. Temurning tavallud topgan kuni, M. Boburning tavallud topgan kuni, 8 - mart Xalqaro xotin -qizlar kuni, Navruz bayrami, 9 may - Xotira va qadrlash kuni, 1 iyun «Bolalar himoyasi kuni» to’g’risidagi va boshqa jahon va respublikada ro’y bergan tadbirlar kafedra va universitet miqyosida talabalarga targ’ibot qilinib, keng ko’lamda nishonlanib kelmoqda.
Talaba-yoshlarimiz Z.M. Bobur tavalludiga bag’ishlab, sahna ko’rinishlarni o’tkazish jarayoni
Ulashish