Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Pediatriya fakulteti Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "IBN-SINO AVLODLARI" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun tibbiy bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning nazariy, amaliy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Tibbiy bilimlar va faoliyatning klinik muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.
To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Qodirova Marhabo Miyassarovna, bugungi kunda u mustaqil izlanuvchi bo’lib, shuningdek 30 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifidir.
Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasida tashkil qilingan "Ibn Sino avlodlari" ilmiy to'garagiga 2020-2025 o'quv yillarida 120 nafar talaba a'zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o'tkaziladigan to'garakda faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba kafedra o'qituvchilariga biriktirilgan va "ustoz-shogird" an'analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda. Shu yillar davomida 90 martadan ziyod ilmiy to'garak yig'ilishlari o'tkazildan.
Ilmiy to'garakga azo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to'plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida ma’lumotlar beriladi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig'ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to'g'risida master-klasslar o'tkaziladi. Shuningdek, to'garak qatnashchilari bo'limlarda navbatchiliklarda faol ishtirok etishadi.
Mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etiladi. Bundan tashqari har bir to'garakda talabalar alohida mavzulardan chiqishlar qilishib, amaliyot tarzda darsdan keyingi navbatchiliklarda faol ishtirok etadilar, shuningdek, talabalar amaliy ko'nikmalar bilan mustaqil shug'ullanishadi.
2020-2025 o'quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga bir nechta mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda 110 dan ortiq tezis va 50 dan ortiq maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.
SamDTUda har yil o'tkaziladigan "ACHIEVEMENTS OF FUNDAMENTAL, APPLIED MEDICINE AND PHARMACY" xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga TIJ a'zolari tomonidan jami 100 ta tezis yuborildi va nashr etildi.
Misol sifatida 2023 yil Davolash fakulteti talabasi Rustamov Aziz dost. Shadieva X.N, 1 son davolash fakulteti 239-gurux talabasi Uzokova Guzal ass. Achilova F.A. raxbarligida dokladlar bilan qatnashdilar va faxrli 1 va 3 o'rinlarni olishdi
Kurs sardori: Rustamov A., Davolash fakulteti 6-kurs talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "Rektor stipendiyasi" egasi.