×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yo’nalishida halqaro hamkorlikning qatnashchilari bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqib, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan holda aloqalarni rivojlantirmoqda.

  Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasining xalqaro hamkorlik vazifalari universitetni rivojlantirish konsepsiyasiga asoslangan va uning xalqaro ta'lim maqomidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Har yili chet eldan kelgan yuqori malakali mutaxassislar, professor-o'qituvchilar, talabalar va ilmiy xodimlar soni o'sib bormoqda, ular biznes aloqalarini o'rnatish, o'qitish, malaka oshirish va ilmiy konferentsiyalarda qatnashish maqsadida Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasida qatnashadilar. Kafedra muntazam ravishda ZOOM onlayn platformasidan samarali foydalangan holda akademik mobillik doirasida MDH mamlakatlaridagi nufuzli tibbiyot Oliy o'quv yurtlari bilan ma'ruzalar va vebinarlar tashkil etadi. 2020-2025 yillar davomida o'tkazilgan vebinarlar orasida Rossiya Federatsiyasi sog'liqni saqlash vazirligining Izhevsk Davlat tibbiyot Akademiyasi Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi mudiri, professor M.K.Yermakovaning, Rossiya Federatsiyasida xizmat ko'rsatgan shifokor, Rossiya pediatrlar uyushmasi Ijroiya qo'mitasi a'zosi, Rossiya Markaziy federal okrugining bosh shtatdan tashqari pediatri, Rossiya Federatsiyasi Sog'liqni saqlash vazirligining Uzluksiz professional ta'limi tibbiyot akademiyasi Pediatriya kafedrasi mudiri professor I.N. Zaxarovaning, Qozoq’iston Respublikasi Karaganda tibbiyot universiteti Jamoat salomatligi va biotibbiyot maktabi professori, Qozog'iston Respublikasi nutritsiologlar va dietologlar assotsiatsiyasi direktori S.V. Plasovskaya-Axmetovaning, I.Kant nomidagi Boltiq Federal universiteti tibbiyot instituti dotsenti (Rossiya). t.f.n. A.M. Abdusalomovlarning ma'ruzalari talabalar orasida katta qiziqish uyg'otdi. Shu bilan birga kafedra xodimlari (D.T.Rabbimova, Sh.M.Uralov, Shadiyeva H.N.) Ijevsk tibbiyot Akademiyasi (Rossiya Federatsiyasi). Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi 10 dan ortiq oliy o'quv yurtlari va yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Kafedra xodimlari mamlakatimizning turli ilmiy - amaliy respublika konferensiyalarida ham faol ishtirok etmoqdalar.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiqdir.