Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi Samarqand davlat tibbiyot institute qoshida 1966 yil 1 sentabrda 2-bolalar shahar kasalxonasi negizida tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib dotsent Zebi Nazarovna Beknazarova tayinlangan. 1967 yilda bolalar kasalliklari propedevtikasi fani fakultet pediatriya kafedrasi kursi sifatida o'qitildi.
Beknazarova Z.N.
1973 yil sentyabr oyidan boshlab 1-bolalar viloyat kasalxonasi negizida bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mustaqil kafedraga aylandi. 1973 yildan 1980 yilgacha bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri etib tibbiyot fanlari doktori, professor A.X.Xamraev tayinlandi.
Abdullo Xamraevich Xamraev O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, 1985 yildan "Pediatriya" umumittifoq jurnali tahririyat Kengashi a'zosi, Samarqand viloyati pediatrlar jamiyati raisi. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik va 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. U kishi tomonidan 116 ta ilmiy ish chop etilgan. Professor A.X.Xamrayev rahbarlik qilgan davrda kafedra sezilarli darajada kengayib, yosh pedagogik kadrlar bilan to'ldirilib borildi.
Xamrayev А.Х
Tibbiyot fanlari doktori, professor Salomov Inoyat Tagirovich 1981 yildan 1992 yilgacha va undan keyin 2002 yildan 2013 yilgacha bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi mudiri bo'lgan. Professor I.T. Salomov rahbarligida 8 ta nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Prof. Salomov I.T. rahbarligida kafedrada «Pediatriya» yo'nalishi bo'yicha magistratura ochildi va 2010-2011 o'quv yilidan boshlab kafedrada «Bolalar kardiorevmatologiyasi» yo'nalishi bo'yicha magistrantlarga ta'lim berila boshlandi.
Salomov I.Т.
Dotsent Ashurov Abdurahmon Rahmonovich 1992 yildan 2002 yilgacha bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan, 80 dan ortiq ilmiy ishlar, metodik tavsiyalar, ratsionalizatorlik takliflari muallifi. Kafedrani rivojlantirishga turli yillarda ishlagan dotsentlar X.N. Nabiyeva, S.K. Rasulov, A.B. Ramazanova, A.Y. Yazdanov, assistentlar X.N. G'afurova, X.M. Oblakulov kabi xodimlar katta hissa qo'shdilar.
Ashurov А.R.
2013 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani t.f.d., dotsent Rabbimova Dilfuza Toshtemirovna boshqarib kelmoqda. «Chaqaloqlarda sepsisni rivojlanish omillarini har tomonlama baholash, diagnostika, davosi va reabilitatsiyasi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 375 dan ortiq ilmiy maqolalar, ko'rsatmalar, monografiyalar muallifi. "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kursi 2019 yildan boshlab "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kafedrasiga aylantirilgan. Kafedra Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi negizida joylashgan. 2022-yilda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” medali bilan taqdirlangan.
Rabbimova D.T.
Kafedrada "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" fanini o'qitish va o'rgatishning maqsadi talabalardan bola organizmining anatomik va fiziologik xususiyatlari, organlar va tizimlarning zararlanishlari semiotikasi, bolalarni ratsional oziqlantirish, sog'lom va bemor bolalarni tekshirish usullari to'g'risida zamonaviy ilmiy qarashlar va talabalarning kasbiy tayyorgarligi hamda shifokorning keyingi amaliy faoliyati uchun zarur bo’lgan bilimlarni shakllantirish va egallashdan iborat.
Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari zamonaviy pediatriya va umuman tibbiyot fanlari muammolari bo'yicha olib borilmoqda. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar. Hozirgi kunda bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasining professor-o'qituvchilari quyidagi mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan, 4 ta dotsent: Uralov Sh.M., Ibatova Sh.M., Jalilov A.X., Shadiyeva H.N., katta o'qituvchi: Achilova F.A., 7 assistent-o'qituvchi: Abdukadirova N.B., Mamutova E. S., Qodirova M.M., Xolikova G.A., Tuxtayeva M.M., Najimov Sh.R., Fayziyev А.А.