Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari boʻyicha olib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlariga masʼul ass. Rustamova Sh.A. hisoblanadi.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashishadi.

  Kafedraning ilmiy yoʻnalishlari:

  1. Yuqori isitma bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar tashxisoti.
  2. Diareya bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar tashxisoti.
  3. OIV infeksiya bilan kasallangan bemorlar tashxisoti.
  4. Fertil yoshdagi ayollarda brutsellyoz kasalligi kechish xususiyatlari
  5. Enterovirusli infeksiya kliniko laborator tashxisoti

  Hozirgi kunda kafedrada 6 nafar xodim mustaqil izlanuvchi boʻlib, bir kishi tayanch doktoranturada tahsil oladi.

  Ular quyidagi yoʻnalishlarda tadqiqot ishini olib borishmoqda.

    1. Rabbimova Nodira Tashtemirovna “Kattalarda pnevmokkli infeksiya kliniko epidemiologik xususiyatlari.

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10; Epidemiologiya-14.00.30

    2. Tirkashev Otabek Saidovich. “Qizamiqning immunoprofilaktikasi va uning kasallik epidemiologik xususiyatlariga taʼsiri”

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10

    3. Djumayeva Nasiba Sobirovna “Samarqand viloyati boʻyicha Oiv bilan xastalangan bemorlarda COVID-19 kechish xususiyatlari”.

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10.

    4. Baxriyeva Zebo Djaloliddinovna “Salmonellez klinik shakliga va qoʻzgʻatuvchi turiga bogʻliq antimikrob preparatlarni ratsional qoʻllash”

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10.

    5. Djurayeva Kamola Stanislavovna “Fertil yoshdagi ayollarda brutsellyoz kasalligi kechishi ayrim kliniko-immunologik aspektlari”

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10.

    6. Uzakova Gavxar Zakirovna “Bolalarda Sovid 19 kasalligida teri zararlanishining oʻziga xos xususiyatlari va davolash usullari”

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10

    7. Achilova Matluba Mirxamzayevna “OIV infeksiyasining lyamblioz va blastotsistoz bilan kechganda klinik-laborator xususiyatlari”

    Yuqumli kasalliklar - 14.00.10

    Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda respublikada 160 ta maqola, xorijda 10 ta maqola, Scopus i Web of Science roʻyxatiga kiruvchi jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar nashr ettirilgan. Chop etilgan oʻquv uslubiy qoʻllanmalar soni 200 dan ortiq. Shuningdek, soʻnggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 9 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta monografiya, 13 ta elektron dastur chop etilgan.

    Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan oʻquv qoʻllanmalar roʻyxati

    1.

    Orziqulov Aʼzam Orziqulovich,

    Bahriyeva Zebo Djaloliddinovna,

    Joʻrayev Shavkat Abdulvahidovich,

    Sharipova Fotima

    Stomatologiya yoʻnalishi boʻyicha Yuqumli kasalliklar (oʻzbek tilida, lotin yozuvida)

    Tibbiyot texnikumi talabalari uchun moʻljallangan.

    2.

    Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna, Rustamova Shahlo Abduhakimovna, Kaxramonova Aziza Karimovna

    Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi (oʻzbek tilida, lotin yozuvida)

    Tibbiyot texnikumi talabalari uchun moʻljallangan .

    3.

    Yarmuxamedova Maya Kudratovna,

    Achilova Matluba Mirhamzayevna,

    Anvarov Jahongir Abralovich,

    Karamatullayeva Zebo Erkinovna

    Parazitar kasalliklar (oʻzbek tilida, lotin yozuvida)

    Samarqand davlat Tibbiyot universiteti Yuqumli kasalliklar boʻyicha internatura talabalari uchun moʻljallangan.

    4.

    Tashpulatov Shavkat Abduvaxidovich,

    Shodiyeva Dilafruz .Abdujalolovna, Karabayeva Dilbar Negmatovna

    Farmatsiya yoʻnalishi boʻyicha Yuqumli kasalliklar (oʻzbek tilida, lotin yozuvida)

    Tibbiyot texnikumi talabalari uchun moʻljallangan .

    5.

    Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna, Djumayeva Nasiba Sobirovna,

    Ashrapov Sh.A.

    Yuqumli kasalliklar va infeksion nazorat

    Tibbiyot texnikumi talabalari uchun moʻljallangan.

    6.

    Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna, Mustayeva Guliston Buribayevna,

    Matyakubova Feruza Egamovna,

    Rabbimova Nodira Tashtemirovna

    Yuqumli kasalliklar

    Tibbiyot texnikumi talabalari uchun moʻljallangan

    7.

    Yarmuxammedova Nargiza Anvarovna, Matlubov Mansur Murodovich,

    Ergasheva Munisa Yakubovna,

    Rabbimova Nodira Tashtemirovna, Matyakubova Feruza Egamovna

    Yuqumli kasalliklarda shoshilinch holatlar

    Samarqand davlat Tibbiyot universiteti talabalari uchun moʻljallangan.

    8.

    Orzikulov Aʼzam Orzikulovich.,

    Rustamova Shaxlo Abduxakimovna,

    Shodiyeva Dilafruz Abdujalolovna., Voseyeva Dilafruz Xusinovna

    Yuqumli kasalliklarda klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

    Samarqand davlat Tibbiyot universiteti talabalari uchun moʻljallangan.

    9.

    Ergasheva Munisa Yakubovna

    Rabbimova Nodira Tashtemirovna,

    Mustayeva Guliston Buribayevna, Matyakubova Feruza Egamovna

    Neyroinfeksiyalar

    Samarqand davlat Tibbiyot universiteti talabalari uchun moʻljallangan.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi assistentlari tomonidan quyidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etishdi:

  1. New Horizons from East to West in HepatologyTursiya, Istanbul;
  2. 2.Aholining sogʻligʻini yaxshilash vositasi sifatida dalillarga asoslangan koʻrsatmalardan foydalanish. Toshkent 2019 y;
  3. Completed the EASL endorsed conference White Night of Hepatology «Hepatitis C update 2017: optimizing treatment for evry patient». Sankt Peterburg 2017;
  4. “Markaziy Osiyoning dolzarb infeksiyalari: Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya:Qozogʻiston, Ostona 2017 va boshqalar.

  Bundan tashqari, kafedra xodimlari Oʻzbekiston Respublikasida, Urganch, Xiva, Toshkent, Buxoro, Nukus, Andijon kabi shaharlarda boʻlib oʻtgan konferensiyalarda qatnashdilar.

  Amaliyot uchun kafedra xodimlari tomonidan oʻtkazilgan konferensiyalar, mahorat darslari va seminarlar soni 100 dan ortiq.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi xodimlari 2012-yildan 2016-yilgacha xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda, jumladan, Jahon Sogʻlikni Saqlash Tashkiloti Yevropa boʻlimi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda “Invaziv bakterial meningitlar tashxisotini takomillashtirish” loyixasi, “Diareya sindromi bilan kechuvchi yukumli kasalliklarda zamonaviy tashxisot usullari” kabi loyihalarda faol ishtirok etishgan. Bu loyihalar asosida “Haemophilus influenzae,Streptococcus pneumoniaevaNeisseria meningitidiskabi infeksiyalarga tashxis qoʻyish usullarini takomillashtirish”, “Tabiiy oʻchoqli infeksiyalarning klinik va epidemiologik jihatlari”, “Bakterial meningit kuzatuvini takomillashtirish” mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishdi. Ushbu loyihalarga ajratilgan zamonaviy jihozlar va laboratoriya asbob uskunalari, reaktivlar JSST Yevropa boʻlimi tomonidan taʼminlandi. NatijadaHaemophilus influenzae,Streptococcus pneumoniaevaNeisseria meningitidiskabi infeksiyalarga tashxis qoʻyish usullari takomillashtirildi. Shuningdek, “Ichak infeksiyalari diagnostikasini takomillashtirish” yuzasidan Virusologiya, immunologiya ilmiy tekshirish instituti bilan xamkorlikda viloyat miqyosida ilk bor rotavirusli, norovirusli, astrovirusli, adenovirusli infeksiyalarga erta va aniq tashxis qoʻyishga erishildi.

  Kafedra xodimlari va va L.M. Isayeva nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda uch marta (2014, 2018 va 2021-yillarda) xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilgan

  2014-yil “Tibbiy parazitologiya va yuqumli kasalliklarning zamonaviy masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

  2018-yil “Markaziy Osiyo mintaqasida parazitar va yuqumli kasalliklar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

  2021-yil “Yuqumli kasalliklar–aholi sogʻligʻini saqlashda innovatsion yoʻnalishlar, dolzarb muammolar va yutuqlar” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya keng miqyosda oʻtkazildi.