×
Menu
Close Menu

​SamDTU huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazida murakkab operatsiya amalga oshirildi

  Avval xabar berilganidek Samarqand viloyatida 2025-yil 17-noyabrdan 17-dekabrgacha Salomatlik marafoni o‘tkazilmoqda. Ushbu marafon doirasidagi tadbirlarda Toshkent shahridagi Respublika Neyroxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazidan ham mutaxassislar qatnashmoqdalar. 2025-yil 21 noyabrda Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazida RNIIATM mutaxassislari (PHD, dotsent Aliyev M.A. va PHD Saidov B.A.) bilan hamkorlikda “Miyacha va miya o‘zagi sohasi o‘smasi” diagnozi bilan bemorda yuqori texnologiyali innovatsion operatsiya muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

  Bemor bosh miyasining murakkab qismidagi o‘sma mikroskopik usulda to‘liq olib tashlandi. Bemorning hayoti sifati va nevrologik faoliyati saqlanib qoldi. Bugungi kunda markazimizda ushbu turdagi yuqori texnologiyali operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajriba to‘plangan bo‘lib, mahalliy bemorlarimizga o‘z vaqtida malakali neyroxirurgik yordamni ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.


SamDTU Matbuot xizmati