×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari bilan Toshkent shahriga sayohat uyushtirildi

  Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bir guruh faol talabalari bilan universitet rektori Jasur Rizayev boshchiligida Toshkent shahridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi va Shahidlar xotirasi maydoniga tashrif amalga oshirildi.

  Tashrif davomida universitet rahbari boshchiligida xalqimiz manfaati yo‘lida kurashgan va jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi a ularning mardonavor hayoti haqidagi qiziqarli va qimmatli ma’lumotlar bilan tanishildi.

  Shuningdek, talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Toshkent shahrining bir qancha diqqatga sazovor maskanlariga ham sayohat tashkil etildi.



SamDTU Matbuot xizmati