×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi pediatriya fakulteti 4-5-6-kurs, Tibbiy pedagogika va umumiy tibbiyot fakulteti 5-kurs, Tibbiy profilaktika 4-kurs, stomatologiya 4-kurs, hamshiralik ishi 3-kurs, biologiya fakulteti 3-kurs, biologiya fakulteti 34-kurs talabalari tayyorlanmoqda. Xalq tabobati fakulteti, Umumiy tibbiyot fakulteti 5 va 6 kurs talabalari, Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari (Hindiston, Pokiston) “Yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari”, “Yuqumli kasalliklar bo‘yicha hamshiralik ishi”, “Tropik kasalliklar” dasturlari bo‘yicha.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, “Yuqumli kasalliklar”, “Bolalik davrining yuqumli kasalliklari” mutaxassisliklari boʻyicha amaliy va nazariy mashgʻulotlar olib borilmoqda. Kafedrada o‘quv yili davomida kafedra professor-o‘qituvchilari hamda shifoxona shifokorlari bilan birgalikda muntazam ravishda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar va klinik ordinatorlar tayyorlanmoqda.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi tomonidan respublikamizdagi boshqa tibbiyot oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, o‘quv yili davomida mutaxassislik bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan.


  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– tasdiqlangan davolash standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Yuqumli kasalliklar kafedrasida o’quv jarayonini tashkil qilinishida telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:


  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 80 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Kafedra kutubxonasini boyitilishi xar yili, muntazam ravishda yangilanib boriladi. Kafedra xodimlari respublikamizni boshqa tibbiyot oliygoxlari, kollej va texnikumlari bilan xamkorlikda o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar yaratib borishadi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni ustida ishlash uchun barcha bemorlarda klinik tekshiruvlar, instrumental tekshiruvlar (UTT, fibroskan), umumiy va biokimyoviy taxlillar orqali, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida (kulturalar, IFA, PZR) tashxislash amaliyoti tashkil etilgan.