×
Menu
Close Menu

​Universitet rektori xorijlik talabalar bilan uchrashdi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida nafaqat Respublikamiz, balki qo‘shni mamlakatlar: Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Pokiston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Filippin, Indoneziya va boshqa o‘lkalardan ham talabalar tahsil olib kelmoqda.

  Xorijlik talabalar uchun tashkil etilgan Xalqaro ta’lim fakultetida tahsil olayotgan talabalarning soni bugungi kunda 4481(to‘rt ming to‘rt yuz sakson bir) nafarni tashkil etadi.

  Joriy yilning 19-noyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamda Xalqaro ta’lim fakulteti dekani, t.f.d Sobirjon Mamaradjabov ishtirokida fakultetning 1-2-3-bosqich talabalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

  Uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, talabalarning muammo va takliflari, savollari yuzasidan fikr almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati