Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Asosiy maqsadimiz yuqori malakali shifokor tayyorlash bilan birga, manaviy-marifiy shakllangan etuk muttaxasis tayorlashdan iborat. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi t.f.n. Orzikulov A.O. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Ushbu ishga mas'ul o'qituvchi t.f.n. Orzikulov A.O. kafedrada professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida tarbiyaviy ishni yuqori saviyada utkazilishini ta`minlaydi.  

  Kafedradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar quyidagicha yo`lga qo`yilgan:

  • 1 sentyabr Uzbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami eng buyuk, eng aziz qadriyat sifatida nishonlash to`g`risida;
  • Kafedrada “Axborot va murabbiylik soatlari’’ni dars jadvalida kursatilgan holda yuqori saviyada o’tkasilishini taminlash;
  • Talabalarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularda axborot technologiyalardan tug’ri foidalanish kunikmalarni shakllantirish, kitobxonlikni targ’ib qilish;

  Shuningdek, kafedra oʻqituvchilari talabalarni hafta mobaynida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, barkamol avlodni tarbiyalashga yordam beruvchi umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash va fazilatlarini oshirish va takomillashtirish ishlarini doimiy ravishda olib borishadi.

  Talabalar orasida quyidagi mavzularda davra suhbatlarini oʻtkazib turishadi:

  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
  • talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
  • kafedradayuqumli kasallikklarning hozirgi zamon klinik kechishi, diagnostikasi, davosi, profilaktikasi tug`risida to`garak tashkil qilish va talaba, magistr, klinik ordinatorlarni jalb qilish.