Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra tarixi

Alisov A. A.

  Yuqumli kasalliklar kafedrasi 1933 yil Samarkand tibbiyot instituti qoshida tashkil kilingan. Tibbiyot fanlari doktori, professor Alisov A. A. ushbu kafedrani 1933-1938 yillarda boshkargan. Bu davrda kafedra xodimlari tomonidan 14 ta ilmiy ish, 1 ta monografiya chop etilgan, xamda 1 ta fan nomzodligi yoklangan. Usha yillarda I. P. Blank, I. A. Kusaev, M. N. Vindman, M. M. Bundje tomonidan yuqumli kasalliklar mavzusida ilmiy tadkikot ishlari olib borildi. I. P. Blank 1932-1935 yillar davomida «Ich terlatmaning uziga xos kechish xususiyatlari» mavzusini yoritib berdi. 1938 yildan 1949 yilgacha «Yuqumli kasalliklar» kafedrasida dotsent Kusaev I. A. mudirlik kildi. Bu davrda xodimlar tomonidan 20 ta ilmiy ish yozilib, 2 ta tibbiyot fanlari nomzodligi yoklandi. Ushbu yillar davomida kafedra xodimlari «Korin tifining davosi va bugma kasalligining kechish xususiyatlarini» chukur va mukammal urganishdi.

Ragoza N.I.

    Ikkinchi jaxon urushi vaktiga kelib, Lelingradda joylashgan Xarbiy tibbiyot Akademiyasi buyruk asosida Samarkand shaxriga evakuatsiya kilindi. Akademiyada faoliyat yurituvchi mutaxassis Ragoza Nikolay Ivanovich shu munosabat bilan Samarkand yuqumli kasalliklar kafedrasida mexnat faoliyatini davom ettirdi. Ragoza N.I. infeksionist mutaxassis sifatida epidemik uchoklarda korin tifi buyicha ishlarni olib bordi. Natijada 2 tomdan tashkil topgan «Korin tifi» tuplamini ishlab chikardi. Ragoza N.I. ning kupgina makola, ma’ruza va tuplamlari dizenteriya va brusellezga bagishlangan. Ragoza N.I. turli xil soxalarda terapevt-infeksionist va pedagog sifatida faoliyat yuritgan katta tajribaga ega mutaxassis xisoblanadi.

636c8a61c8fd9.jpg

Musabaev I.K

    1949-1951 yillar davomida kafedrani Uzbekiston Respublikasi FA si, Rossiya FA si muxbir a’zosi, Uzbekiston Respublikasi va Korakolpogiston avtonom Respublikasida xizmat kursatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor I. K. Musabaev boshkargan. U kishining 400 ga yakin ilmiy nashr kilindi. 17 ta doktorlik xamda 85 ta nomzodlik ishlariga raxbarlik kilgan. Bu davrda kafedrada N. P. Grishko, M. N. Vidman, X. Z. Zokirov, F. L. Bekmatova kabi olimlar faoliyat yuritib, «Tif-paratif kasalligi paytida jigar faoliyatining buzilishi» muammosini urgandilar.

  Kafedraga 1953 yildan 1957 yilgacha F. A. Dyakovskiy mudirlik kildi. 1959 yildan 1960 yilgacha kafedrani P. A. Alekseev boshkardi.

Toshpulatov A.A

  1961-1985 yillar davomida kafedraga professor Toshpo‘latov Abdurahim Azizovich mudirlik lavozimida faoliyat yuritdi. Toshpo‘latov Abdurahim AzizovichSSSRning "Faxriy nishoni" ordeni, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining diplomlari, "Mehnat faxriysi" medallari, hukumatning faxriy nishonlari bilan taqdirlangan. Toshpulatov A.A. rahbarligida bu davrda kafedra xodimlari Respublikamizning turli mintaqalarida keng ko‘lamli pedagogik, tibbiy va konsalting ishlarini olib bordilar. «Ichburug kasalligining patogenezi, klinikasi, davolash va epidemiologiyasi xamda boshka parazitar invaziyalar bilan asoratlanishi» masalalari bilan shugullandilar. Toshpo‘latov A.A.boshchiligidagi ilmiy-tadqiqot ishlari parazitar invaziyalar murakkab bo‘lgan davrdadizenteriya kasalligi epidemiologiyasi, patogenezi, davolash masalalari bilan bog‘liq edi. Bu kasallik 60-80-yillarda judamuhim edi. Klinitsistlarorasida birinchilardan bo‘lib A.A.Toshpo‘latov jiardiyazning klinik shakllari tasnifini ishlab chiqdi, gepatobiliar tizim va ichak lyambliyalariklinik ko‘rinishini tahlil qildi, lyambliyalar shartli ravishda patogen ichak paraziti ekanligini aniqladi. Toshpo‘latov A.A.ning ilmiy ishlarida, bugungi kunda nafaqat yuqumli kasalliklar mutaxassisibalki boshqa mutaxassislik shifokorlari uchun ham sog‘liqni saqlashda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jiardiaz invaziyasining ahamiyati ko‘rsatib berildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari 3 ta doktorlik, 7 ta dissertatsiya va 2 ta monografiyani himoya qilish uchun asos bo‘ldi. A. A. Toshpo‘latov rahbarligida 181 ta ilmiy ish chop etildi, 2ta monografiya yozildi hamda 4 ta fan nomzodligi yoqlandi.

E. S. Burxonov

  1974 yilda esa 2-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi tarkibida alohida “Bolalar yuqumli kasalliklari” kursi tashkil qilinib, kurs mudiri sifatida dotsent E. S. Burxonov tayinlandi. Bu kurs tarkibida S. X. Abdullayev, A. X. Tursunov, L. Sh. Mukumov, U. O. Ochilov, G. X. Alimova, S. A. Axmedova, R. M. Rasulov, S. U. Umarova, M. Z. Xasanova, A. O. Orzikulovlar faoliyat yuritishdi.

Vafokulov S.X

  1980 yilda ushbu kurs kafedraga aylantirilib, tibbiyot fanlari doktori, professor S. X. Vafokulov kafedra mudiri qilib tayinlandi. Kafedra xodimlari «Ichak yuqumli kasalliklari», «Virusli gepatitlar» va «Isitma bilan kechadigan kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, tashxisini o’rganish» bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borishdi. 1986 yilda professor S. X. Vafokulov Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining «O’tkir diareya» kasalliklarini o’rganish guruhi rahbari Maykl Merson bilan birgalikda Respublikada ilk marotaba amaliyotga «Oral regidratatsiya» usulini tatbiq qilishdi.

  Hozirgi kunda bu usul Respublikamizning barcha shifoxonalarida dasturamal sifatida qo’llanilib kelinmoqda. Shu yillar davomida respublika miqyosida birinchi marotaba «Bolalar orasida ichak iyersiniozi kasalligi», «Rotavirusli infektsiya», «Kampilobakterioz kasalligi» tashxisini tashkil qilish yo’lga qo’yildi. 1980 yildan 2012 yilgacha bolgan davrda amaliyotga 400 dan ziyod ilmiy ishlar, 70 dan ortiq o’quv uslubiy tavsiyanomalar tatbiq qilingan. 1 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi tayyorlangan. 1988 yil O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi buyrug’iga asosan yuqumli kasalliklar kafedrasi va yuqumli kasalliklar shifoxonasi birlashtirilib», «Yuqumli kasalliklar o’quv ilmiy davolash birlashmasi» tashkil etildi. 1997 yilning sentyabrida «Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi» va «Bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasi» birlashtirilib, «Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya» kafedrasi deb yuritila boshlandi. Kafedra mudiri professor S. X. Vafokulov rahbarligida 2 ta nomzodlik ishi muvaffaqiyatli himoya qilindi. 2002 - 2007 yilarda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «O’zbekistonda isitma bilan kechadigan kasalliklarni zamonaviy tekshirish usullari va tashxisotini takomillashtirish» masalasi yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Professor S. X. Vafokulov 1988 yildan 2019 yilgacha Samarqand viloyati infektsionistlar jamiyatini boshqardi. S. X. Vafokulovning bevosita yordami bilan Samarqand shahrida «Yuqumli kasaliklarning oldini olish va o’rganish» muassasalarida Xalqaro anjumanlar, konferentsiyalar o’tkazildi. Unda Amerika, Chexiya, Polsha, Misr, Slovakiya, Rossiya olimlari qatnashdilar. Professor S. X. Vafokulov AQSh ning Atlanta shahrida, Qohirada, Moskva, Sankt – Peterburg, Nijniy – Novgorod, Kiyev, Riga, Tbilisi, Alma – Ata, Bishkek shaharlarda bo’lib o’tgan xalqaro simpoziumida o`z ma'ruzalari bilan qatnashgan.

636c8cfc09cbb.jpg

Yarmuxamedova M.K

  2012-2014 yillarda SamTI “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatoveyerologiya” kafedrasi mudiri vazifasiga dostent Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna tayinlangan. Dostent Yarmuxammedova Maxbuba Kudratovna 1985 yilda SamMI “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasiga konkursdan o’tib ishga qabul qilingan. 1993 yil iyun oyida «Yuqumli kasalliklar» mutaxassisligi bo'yicha “A va B virusli gepatitlarida iridodiagnostikaning ahamiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dosent Yarmuxamedova M.K.1997 yildan 2013 yilgacha oʻquv boʻlimi mudiri sifatida, 2000 yil 21- noyabrdan assistent Yarmuxamedova M.K. №603 buyruq asosida hozirgi kunga qadar ushbu kafedrada dosent lavozimida ishlab kelmoqda. Shuningdek, 2004-2014 yillarda «Bolalar yuqumli kasalliklari” magistraturasi rezidentlariga ilmiy rahbarlik qilgan. Dostent  Yarmuxamedova M.K. rahbarligida “Yuqumli kasalliklar” bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi bilan bog'liq holda ilmiy izlanishlar olib borildi. Shu yillar davomida davomida kafedrada 250 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 45 ta o'quv qo'llanma, 72 ta o'quv-uslubiy qo'llanma yaratildi.

  Dostent  Yarmuxamedova M.K. oʻzining ish faoliyati mobaynida ilmiy jurnallarda 185 ta ilmiy maqola, 10 dan ziyod oʻquv qoʻllanma, 30 dan ziyod oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar chop ettirgan. Institut va kafedra ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlari bo'yicha umum jamoa ishlarida faol qatnashib kelgan. Shu yillar davomida Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga dotsent M.K.Yarmuxamedova bemorlarga konsultativ yordam o'tkazdi. Institut talabalari, bemorlarning ota-onalari va mahalla aholisi orasida dotsent M.K.Yarmuxamedova ma'naviy- targ'ibot ishlarni faol va muntazam ravishda olib borgan va olib bormoqda. 2013 yil kafedra tarkibiga dermatovenerologiya kafedrasi biriktirildi. Kafedra nomi «Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va dermatovenerologiya” deb o'zgartirildi. Dosent Yarmuxammedova M.K. ga universitet hayotida faol ishtiroki uchun bir necha marta Samarqand davlat Tibbiyot universiteti tomonidan faxriy yorliqlar berilgan. Bundan tashqari, Samarqand viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan faxriy yorliqlar, rahmatnomalar taqdim etilgan. Hozirda dotsent M.K.Yarmuxamedova yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib, universitetda joriy qilingan kredit-modul o'qitish tizimi bo'yicha Pediatriya va Davolash fakultetlari beshinchi va oltinchi kurs talabalariga ma'ruzalarni zamonaviy yangi innovatsion texnologiyalar asosida o'qib kelmoqda. 2004 yildan boshlab, universitet bitiruvchi talabalarining yakuniy davlat imtihonlarini olishda faol qatnashib kelmoqda. 2021 yil 25 fevralda Oʻzbekiston respublikasi prezidenti Mirziyoev SH.M. buyrugʻi bilan “Moʻ'tabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Shu bilan birgalikda dosent Yarmuxamedova M.K. Samarqand viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida eng faol mutaxassislardan biri hisoblanadi.

  2013 yildan boshlab hozirgi kungacha kafedra mudiri bo'lib dots. DSc Yarmuxammedova N.A. hisoblanadi. Ushbu davr mobaynida 200 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etildi, shulardan 43 tasi chet el jurnallarida nashr etilgan. Dots. Yarmuxammedova N.A. Moskva, Sankt-Peterburg, Ostona, Istanbul, Bukovinada bo'lib o'tgan xalqaro simpoziumlar va konferentsiyalarda ishtirok etdi. 2020 yilda kafedra tarkibidagi “Epidemiologiya” va “Dermatovenerologiya kafedrasi ajralib chiqib, kafedra nomi “Yuqumli kasalliklar” kafedrasiga aylandi. 2013 yildan to hozirga qadar "Yuqumli kasalliklar" kafedrasida dots. DSc Yarmuxammedova N.A. rahbarligida 8 ta nomzodlik dissertasiyasi, 1 ta doktorlik dissertasiyasi yoqlandi. Yana 1 ta doktorlik dissertasiyasi, 2 ta nomzodlik dissertasiyasi tayyorlanmoqda. Shu yillar mobaynida kafedra xodimlari tomonidan 30 dan ortiq oʻquv qoʻllanma, 5 ta darslik, 10 ga yaqin monografiya, Scopus bazalarida 30 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr etildi.