Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda chekka hududlardagi aholi qatlamini sog‘lomlashtirish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universiteti ishchi guruhi tomonidan viloyatdagi uzoq bo‘lgan hududlarda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 24-aprel kuni kuni Oqdaryo tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli “Uzun” oilaviy poliklinikasida Samarqand davlat tibbiyot universitetining malakali tibbiy xodimlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. 7300 aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallagnan poliklnikada SamDTUning, pediatr, ortoped, onkolog, endokrinolog, oftalmolog, urolog, kardiolog kabi 10 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislari tomonidan 340 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, ularning 8 nafariga viloyat shifoxonalariga yo‘llanmalar taqdim etildi. 148 nafar aholiga ambulator yardam ko‘rsatildi.
Mazkur tibbiy ko‘riklardan ko‘zlangan maqsad imkoniyati cheklangan aholi qatlamiga qulay tibbiy xizmatni taqdim qilish, aholining tibbiy madaniyatini shakllantirish orqali hayot darajasini yaxshilash iborat bo‘lib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va ishchi guruhi tomonidan viloyatning chekka hududlarida amalga oshirilayotgan ushbu keng ko‘lamli va tizimli vazifalar aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishda muhim rol o‘ynaydi.








SamDTU Matbuot xizmati