×
Menu
Close Menu

​Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot institutida yangi sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazi qurilishiga tamal toshi qo'yildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot institutida 200 o‘rinli sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazi qurilishiga tamal toshi qo'yildi.

 Tantanali marosimida so‘zga chiqqan universitet rektori, Jasur rizayev markaz faoliati va uning bugungi kundagi yutuqlariga to‘xtalib, yangi barpo etilayotgan sog‘lomlashtirish va davolash tibbiy markazining avvalambor yurtboshimiz tomonidan tibbiyot sohasiga qaratilayotgan katta e’tiborining mevasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Marosimning tantanali qismida bino uchun an’anaviy tarzda kapsula tashlanib, Sport tibbiyoti va Reabilitologiya ilmiy tadqiqot instituti faoliyatiga omad tilandi.

  Shuningdek, markazning yangi rekonstruksiya qilingan binosida yaratilgan sharoitlar, davolash va reabilitatsiya xonalari, operatsiyon xonalar bilan yaqindan tanishildi.


SamDTU Matbuot xizmati