“Yoshlar kuni” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi Yusupov Axmadbek Tadjievich bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda universitet rektori Jasur Rizayev, universitet ilmiy kengashlarining raislari hamda rahbariyat a’zolari, shuningdek, doktorantlar va boshqa yosh ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.
Uchrashuvda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish sifatini yanada oshirish sohasidagi yangiliklar, natija hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek, ilmiy izlanuvchilarning o‘z faoliyatlarini tashkil etishdagi muammo va savollari tinglanib, atroflicha javoblar berildi.







SamDTU Matbuot xizmati