DKTF otorinoloringologiya kafedrasi
Lutfullaev G‘ayrat Umrillaevich
Kafedra mudiri t.f.d., dotsent
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 09:00-15:00 |
| Tel: |
+998 (90) 505 00 95
|
| E-mail: | lutfullayev.gayrat@sammu.uz |
| Manzil: |
Samarqand shahri, Ankabay ko‘chasi, 6 uy |
KAFEDRA TARIXI
SamMI Diplomdan keyingi ta’lim fakultetining "Otorinolaringologiya" kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining, xamda SamMI rektorining № 98 - U buyrug‘iga asosan 2.05.96-y. Pediatriya fakulteti LOR kafedrasi qoshida "Otorinolaringologiya" kursi sifatida tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘likni Saklash Vazirligining 1997-y. 27 yanvardagi 36 raqamli buyrug‘ini bajarish yuzasidan, SamMI rektorining 7.07.1997 y №174-U buyrug‘iga asosan "Otorinolaringologiya" kursi SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakultetida "Otorinolaringologiya" kafedrasi etib tashkil qilindi. 2005-yilda kafedra SamMI rektorinig 335-U buyrug‘iga asosan SamMI VMOF Otorinolaringologiya kafedrasi va stomatologiya kursi deb nomlandi. 23.03.2017-yil SamMI rektorinig 326-U buyrug‘iga asosan SamMI Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti, xozirgi kunda SamDTU DKTF Otorinolaringologiya kafedrasi deb o‘zgartirildi.
Samarqand shaxrida LOR kasalliklari bo‘limi 1929-yil Respublika shifoxonasida tashkil qilingan. Bo‘lim 20 o‘ringa mo‘ljallangan edi. Bo‘lim mudiri vazifasiga A.V. Savelev tayinlangan. 1933-yil bo‘lim bazasida institutning LOR kasalliklari kafedrasi tashkil qilingan. Bo‘lim mudiri A.V. Savelevga professor ilmiy unvoni berilgan va u kafedra mudiri vazifasiga tayinlangan.
Aleksandr Vasilevich Savelev 1898-yil Rossiyaning Saratov guberniyasida tug‘ilgan. 1925-yil Saratov Davlat universiteti meditsina fakultetini tugatgan va 1930-yil Samarqand shaxriga kelgan.
Savelev A.V.
A.V.Savelev kafedraga 1933-1950-yillar mudirlik kilgan va bir vaqtning o‘zida 1935-1939-yillarda klinika bosh vrachi, xamda 1943-1945-yillar SamMI davolash fakulteti dekani vazifalarida ishlagan. A.V.Savelev «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatkan fan arbobi» faxriy unvoni bilan takdirlangan. U 1950-yildan Kursk meditsina instituti rektori va LOR kasalliklari kafedrasi mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Chengeri S.K.
Stanislav Kazimerovich Chengeri 1898-yilda tug‘ilgan bo‘lib, u 1925-yilda Saratov universitetining meditsina fakultetini tugatgan. Samarqand shaxriga ko‘chib kelgandan so‘ng klinikada vrach-otorinolaringolog, bosh vrachning davolash ishlari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan. S.K.Chengeri 1944-yilda nomzodlik dissertatsiyasini yoklagan va 1945-yilda unga dotsent ilmiy unvoni berilgan. S.K.Chengeri keyingi-yillarda SamMI "Otorinolaringologiya" kafedrasida dotsent vazifasida faoliyat ko‘rsatgan. Unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach» faxriy unvoni berilgan.
Gorchakov V.A.
Veniamin Andreevich Gorchakov 1918-yil Rossiyaning xozirgi Volgograd viloyatida tug‘ilgan. 1940-yil Voronej meditsina institutini bitirgandan so‘ng xarbiy xizmatga chaqirildi. Ikkinchi jaxon urushi yillarida polk xarbiy vrachi sifatida janglarda qatnashib, ko‘rshovga tushadi va partizanlik xarakatida ishtirok etadi. Urush tugagach xarbiy xizmatni davom ettirib gospitallarda xarbiy vrach sifatida ishlagan.
V.A.Gorchakov 1951-1959-yillarda Turkmaniston meditsina instituti "Otorinolaringologiya" kafedrasida assistent, 1959-1970-yillar Kiev Quloq-tomog‘-burun kasalliklari ilmiy tekshirish institutida katta ilmiy xodim lavozimida ishlaydi. U 1969-yil doktorlik dissertatsiyasini yoklagan, 1970-yil professor unvonini olgan. Professor V.A.Gorchakov 1970-yil SamMI Otorinolaringologiya kafedrasi mudirligiga saylangan va 1981-yilgacha kafedra mudiri, 1981-1987-yillar ushbu kafedra professori vazifalarida ishlagan.
Sadrieva R.V.
Raisa Voxidovna Sadrieva 1918-yil Samarkand shaxrida tug‘ilgan. 1941-yil Samarqand meditsina institutini tugatgan. R.V. Sadrieva 1959-1964-y. ushbu kafedra dotsenti va 1964-1970-y. kafedra mudiri lavozimida samarali faoliyat ko‘rsatgan. Unga 1968-yilda «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach» faxriy unvoni berilgan. Dotsent R.V.Sadrieva 1980 doktorlik dissertatsiya yoqlagan va unga professor unvoni berilgan. Professor R.V. Sadrieva 1981-1987-yillar kafedra mudiri, 1987-yildan so‘ng professor- konsultant vazifalarida ishlagan.
Nasretdinov T.X.
Taxsin Xamidovich Nasretdinov 1944-yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1966-yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. 1968-1971-yillar Moskvada Markaziy Vrachlar malakasini oshirish instituti LOR – kasalliklari kafedrasida aspiranturada o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. T.X. Nasreddinov 1972-1978-yillar SamMI "Otorinolaringologiya" kafedrasi assistenti vazifasida ishlaydi. U 1978-1980-yillardoktoranturada taxsil olgan. 1981-1983-yillar SamMI o‘quv ishlar prorektori lavozimida ishlagan. Doktorlik dissertatsiyasini yoklagandan so‘ng unga professor unvoni berilgan. Professor T.X.Nasreddinov institutning 2-klinikasida joylashgan davolash fakulteti LOR kasalliklari kafedrasi mudiri, ikki fakultetning kafedralari birlashtirilgandan so‘ng 1987-yildan to umrining oxirigacha 2008 y kafedra mudiri vazifasida ishlab kelgan.
Muminov A.I.
Akrom IbragimovichMuminov 1937-yilda Samarqand shaxrida tug‘ilgan. U 1961-yil ToshMI davolash fakultetini tugatgan. 1961-1965-yillarda SamMI klinikasida LOR kasalliklari kafedrasi assistenti va bir vaqtning o‘zida davolash fakulteti dekan o‘rinbosari vazifasida ishlagan. So‘ngra ToshMIga ishga o‘tib, nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. ToshMI LOR kasalliklari kafedrasida dotsent, kafedra mudiri vazifalarida ishlagan. Professor ilmiy unvonini olgan. A.I.Muminov bir vaqtning o‘zida davolash fakulteti dekani va keyinchalik o‘quv ishlari prorektori vazifasini bajargan. Professor A.I. Muminov 1991-yil Buxoro tibbiyot institutining tashkilotchilaridan biri bo‘lib, 1991-1995-yillarda institutning birinchi rektori bo‘lgan. 1995-yil Samarqandga ishga o‘tib, 1995-2000-yillarda SamMI rektori va bir vaqtning o‘zida LOR kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. Professor A.I.Muminov «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
Lutfullaev U.L.
2001-yil kafedra mudiri vazifasiga t.f.d. U.L.Lutfullaev saylangan. Umrillo Lutfullaevich Lutfullaev 1943-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. U 1967-yil SamMI davolash fakultetini tugatgan. O‘z vrachlik faoliyatini Urgut tumani markaziy shifoxonasida boshlagan. LOR vrachlik mutaxassisligini puxta egallab, tuman shifoxonasida LOR kasalliklari bo‘limini tashkil etib, unga mudirlik qilgan. U amaliy ish bilan bir vaqtda izlanuvchi sifatida 1978-y. Moskva shaxrida Vrachlar Malakasini Oshirish Markaziy instituti qoshidagi ixtisoslashgan ilmiy kengashda «Состояние верхних дыхателных путей, обонятелного и вестибулярного анализаторов и профилактика их нарушений у табаководов» mavzusida nomzodlik dissertatsiya yoqlagan. U.L.Lutfullaev Urgut tumani markaziy shifoxonasi bosh vrachi vazifasida ishlagan va o‘z ilmiy ishlarini davom ettirib, 1988-yilda Kiev shaxrida Kolomiychenko nomidagi Quloq, tomoq va burun ilmiy tekshirish instituti qoshida «Сосудистые опухоли ЛОР органов (клиника, диагностика, лечение)» mavsusida doktorlik dissertatsiya yoqlagan. 1989- 2013-y. SamMI Vrachlar malakasini oshirish fakulteti "Otorinolaringologiya" kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelgan.
Lutfullaev G.U.
2013-yil sentabr oyidan xozirgi vaqtgacha t.f.d. G‘.U.Lutfullaev kafedra mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Lutfullaev G‘ayrat Umrillоevich 1975-yil Samarqand viloyati Urgut shaxrida tug‘ilgan. 1992-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan. 1998-y. Samarqand davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini va 2000-y. klinik ordinaturani muvaffaqiyatli tugatgan. G‘.U. Lutfullaev 2000-yil aspiranturaga kirib, o‘z ilmiy faoliyatini boshladi. 2004-y. «Клиника, диагностика и лечение доброкачественных опухолей носа и придаточных пазуx» mavzusida professor A.M. Xakimov raxbarligida nomzodlik va 2012-y. «Диагностика и лечение доброкачественных опухолей глотки» mavzusida professor S.S. Arifov raxbarligida doktorlik dissertatsiyalari ximoya qilgan.
2020 yildan boshlab Davolash fakulteti dekani lavozimida xam faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Lutfullaev G.U. 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 1 ta darslik, 9 ta monografiya, 10 ta o‘quv qo‘llanma muallifi hisoblanadi. Uning rahbarligida tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun 6 ta dissertatsiya himoya qilingan.
KAFERDANI MA’NAVIYAT-MA’RIFAT ISHLARI
Kafedraning tarbiyaviy faoliyatining muhim tarkibiy qismi kursantlarning har tomonlama rivojlanishi va bo‘lajak mutaxassislarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy-ommaviy ishlarni tashkil etishdan iborat. Mazkur faoliyatning asosiy yo‘nalishlari yuksak axloqiy va fuqarolik fazilatlarini shakllantirish, tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ta’lim oluvchilarni universitetning jamoat va madaniy hayotiga faol jalb etishdan iborat. Ushbu vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida har bir o‘quv guruhiga tajribali o‘qituvchilar tarkibidan kurator biriktirilgan. Ularning rahbarligida kursantlar jamoat, madaniy va tarbiyaviy tadbirlarda faol ishtirok etadilar, mazmunli bo‘sh vaqtlarini tashkil etadilar, Samarqand shahrining tarixiy-madaniy obidalari, muzeylari, teatrlari va me’moriy yodgorliklariga tashrif buyuradilar.

Kafedrada jismoniy tarbiyaga, ta’lim oluvchilarning salomatligini mustahkamlash va ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Magistrantlar va klinik ordinatorlar universitet sport majmuasi negizida faoliyat yuritayotgan sport seksiyalariga, jumladan, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashlari va yengil atletika mashg‘ulotlariga faol qatnashadilar. Ta’lim oluvchilar muntazam ravishda universitet, hududiy va respublika miqyosidagi sport musobaqalarida ishtirok etib, yuqori sport faolligi va sog‘lom turmush tarziga sodiqligini namoyon etadilar.
Kafedraning tarbiyaviy faoliyati ta’lim va tarbiyaning uzviy birligi tamoyiliga asoslanadi. Bu tamoyil yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Har yili fakultetda 200 nafardan ortiq mutaxassis ta’lim oladi va malakasini oshiradi. Bunda kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish bilan bir qatorda, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, fuqarolik mas’uliyatini va kasbiy etika tamoyillarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratiladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar har yili tasdiqlanadigan tarbiyaviy tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv yili davomida muhim tarixiy sanalar, davlat va milliy bayramlar, sport musobaqalari, madaniy va ma’rifiy tadbirlarga bag‘ishlangan turli tadbirlar tashkil etiladi.
Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi ta’lim oluvchilarning mazmunli bo‘sh vaqtini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kafedra xodimlari tomonidan muntazam ravishda shaxmat va shashka turnirlari, intellektual viktorinalar, ijodiy tanlovlar hamda boshqa madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlar ta’lim oluvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish, jamoaviy ruhni shakllantirish va qulay ta’lim muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Ma’naviy-ma’rifiy va profilaktik ishlar doirasida kafedra ma’naviyat va ma’rifat markazlari, shuningdek, boshqa hamkor tashkilotlar bilan faol hamkorlik qiladi. Hamkorlikda ta’lim oluvchilarda huquqiy madaniyat, fuqarolik mas’uliyati, vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va sog‘lom turmush tarziga sodiqlikni shakllantirishga qaratilgan uchrashuvlar, mavzuli suhbatlar, davra suhbatlari hamda ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etiladi.
Kafedraning klinik bazasi — Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasining otorinolaringologiya bo‘limida davlat va milliy bayramlar, muhim sanalar hamda kasbga oid tadbirlarga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va bayram tadbirlari muntazam ravishda tashkil etiladi. Jumladan, Xotira va qadrlash kuni, Qurbon hayiti, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni, Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami va boshqa muhim sanalarga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.
Bunday tadbirlarni o‘tkazish korporativ madaniyatni mustahkamlash, milliy an’analarni asrab-avaylash, mamlakatning tarixiy-madaniy merosiga hurmat tuyg‘usini rivojlantirish hamda qulay ta’lim muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

Har bir o‘quv guruhiga kafedraning professor-o‘qituvchilar tarkibidan kurator biriktirilgan bo‘lib, u tasdiqlangan individual reja asosida tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Kuratorlik faoliyati doirasida ta’lim oluvchilarda kasbiy etika, fuqarolik mas’uliyati, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va faol hayotiy pozitsiyani shakllantirishga qaratilgan axborot-ma’rifiy, tarbiyaviy, madaniy va profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkaziladi. O‘tkazilgan barcha tadbirlar foto va videomateriallar bilan hujjatlashtiriladi, shuningdek, universitet va kafedraning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muntazam yoritib boriladi.
Universitet an’analariga muvofiq, har payshanba kuni o‘quv mashg‘ulotlari «Axborot soati»ni o‘tkazishdan boshlanadi. Unda ta’lim oluvchilar mamlakatdagi dolzarb ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ilmiy va ta’lim sohasidagi voqealar bilan tanishadilar, ma’naviy-axloqiy tarbiya, kasbiy madaniyat hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi davlat siyosatiga oid masalalarni muhokama qiladilar.
Kafedra faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri aholi o‘rtasida ma’rifiy-targ‘ibot ishlarini olib borishdan iborat. Kafedra xodimlari muntazam ravishda mahallalar, umumta’lim maktablari, tibbiyot muassasalari va boshqa tashkilotlarga tashrif buyurib, sog‘lom turmush tarzi, LOR a’zolari kasalliklarining oldini olish, ularni erta aniqlash, o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilish hamda aholining tibbiy savodxonligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, seminarlar va profilaktik suhbatlar o‘tkazadilar. Mazkur faoliyat universitetning jamiyat bilan hamkorligini mustahkamlash va jamoat salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
O‘QUV VA O‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedra faoliyatining asosiy maqsadi – sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislarini ta’lim dasturlari asosida malakasini oshirish, bilim va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirish.
Kafedra vazifalari:
- LOR kasalliklarini erta tashxislash, birlamchi va ikkilamchi profilaktik tadbirlarni amalga oshirish, bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
- LOR kasalliklarni zamonaviy tekshirish usullari natijalariga asoslangan xolda, tashxislash standartlarini o‘zlashtirish;
- LOR kasalliklar bo‘yicha klinik amaliy ko‘nikmalarni yangilash va chuqurlashtirish;
- Zamonaviy laborator va instrumental tekshiruvlar natijalarini interpretatsiya qilishni o‘zlashtirish;
- Davolash standartlari bo‘yicha bemorni olib borish dasturini tuzish;
- Aholi o‘rtasida tibbiy madaniyatni oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktik chora tadbirlarni amalga oshirish orqali ko‘p tarqalgan kasalliklarni oldini olish, sog‘lom aholi o‘rtasida skrining va bemorlarni dispanser kuzatuvini olib borishni tashkillashtirish va o‘rgatish;
- Tibbiyot xodimlarida hayotiy va ilmiy tassavvurni shakllantirishda milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni insonparvarlik mohiyatini ko‘rsatish.
Diplomdan keyingi ta’lim Fakulteti otorinolaringologiya kafedrasida O‘zbekiston Respublikasini quyidagi viloyatlaridan kelgan otorinolaringolog mutaxassislar va boshqa soha mutaxassislari malaka oshiradilar: Samarqand, Jizzax, Surxandaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro.
Kafedrada yuqori malakali otorinolaringolog mutaxassislari tayyorlanadi: magistr va klinik ordinatorlar.

Kursantlar on-line konferensiyada
Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining o‘quv-uslubiy hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan.
O’qitish har bir sikl va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
- Kvalifikatsion xarakteristika;
- Davlat standarti;
- O’quv reja;
- O’quv dasturi;
Kursantlar dars vaqtida
Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi malaka oshirish dasturlari tayyorlandi va tasdiqlandi:
- «LOR kasalliklarini xozirgi zamon diagnostikasi va davolash usullari” 144 kredit
- «Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarida tez tibbiy yordam” 144 kredit
- “Otorinolaringologiya” 144 kredit
- “Yuqori nafas yo‘llari kasalliklarini poliklinika va ambulatoriya sharoitida diagnostikasi va davolash usullari” 72 kredit
- “Otorinolaringologiyada shoshilinch xolatlar” 72 kredit
- “LOR onkologiya” asoslari” 72 kredit
- “Klinik audiologiya” 72 kredit
- “Tibbiy foniatriya” 36 kredit.
Shuningdek, “Otorinolaringologiya” yo‘nalishi bo‘yicha 6 va 9 oylik ixtisoslashtirish dasturlari hamda 3,5 oylik mutaxassislikni tiklash dasturi tasdiqlangan. Ushbu mavzuli yo‘nalishlar bo‘yicha shifokorlarning malakasini oshirish va ixtisoslashuv sikllari olib boriladi. Kafedrada reja asosida integral ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
ILMIY-TADQIQOT ISHLARI
Kafedrada 6 xodim ilmiy faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1 nafari tibbiyot fanlari doktori, Lutfullaev G‘.U., 2 nafari tibbiyot fanlari nomzodi, dotsentlar Xamraev F.X., Safarova N.I., 3 nafari PhD Qobilova Sh.Sh., Ne’matov O‘.S., Lutfullaeva G.U. Kafedrani ilmiy saloxiyati 100%.
Oxirgi 4 yil ichida 6 dissertatsiya ximoya qilindi. 2022 yilda Qobilova Sh.Sh. t.f.d. Lutfullaev G‘.U. rahbarligida «Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqum xavfsiz o‘smalarida ekssudativ otitni tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Sh.Sh.Qobilovaning dissertatsiya himoyasi
2023 yilda Ne’matov O‘.S. «Burun bo‘shlig‘i xavfsiz qon tomir xosilalari diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
O‘.S. Ne’matovning dissertatsiya himoyasi
Shu yilda kafedra mustaqil izlanuvchisi Bekmurodov M.A. «Burundan qon ketishlarni diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish» nomli dissertatsiyani xam muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy rahbar t.f.d., professor Lutfullaev G‘.U.
2024 yilda Fayzullaev D.Sh. «O‘tkir va surunkali yiringli sinusitlarni davolashni takomillashtirishda nitroksidermatik tizim ko‘rsatkichlarining ahamiyati» mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Ilmiy rahbar – t.f.d. Lutfullaev G.U.
2025-yilda professor G.U. Lutfullayevning ilmiy rahbarligida mustaqil izlanuvchi J.B. Ruziyevning «Polipoz rinosinusitni davolash va profilaktika usullarini takomillashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi. Mazkur dissertatsiya ishi polipoz rinosinusitni diagnostika qilish, davolash va profilaktikasiga zamonaviy yondashuvlarni takomillashtirishga munosib hissa qo‘shdi, shuningdek, kafedraning ilmiy maktabini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

2026-yil iyun oyida professor G.U. Lutfullayevning ilmiy rahbarligida doktorant N.A. Yunusovning «Burun, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqumning yaxshi sifatli o‘smalari bo‘lgan bemorlarda eshitish funksiyasining holati» mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Tadqiqot natijalari burun bo‘shlig‘i, burun yon bo‘shliqlari va burun-halqumning yaxshi sifatli o‘smalari mavjud bo‘lgan bemorlarda eshitish funksiyasining buzilishlari haqidagi zamonaviy tasavvurlarni kengaytirish, shuningdek, ularni erta diagnostika qilish, kompleks baholash va davolash yondashuvlarini takomillashtirish imkonini berdi.
Dissertatsiyaning muvaffaqiyatli himoya qilinishi kafedraning ilmiy maktabi erishgan navbatdagi muhim yutuq bo‘lib, yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligining tasdig‘i bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari faol olib borilmoqda. Fayzullayev A.I. va Soatmurodova N.B. PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanayotgan dissertatsiya ishlari ustida ishlarni yakunlamoqda. Kobilova Sh.Sh., Amriyeva D.N. va Ulkanboyev A.A.ning dissertatsiya mavzulari tasdiqlandi.
Kafedrani ilmiy yo‘nalishi:
1) LOR a’zolarini onkologik kasalliklari
2) Burun va burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklarini klinikasi, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari
3) Quloqni yiringli va yiringsiz kasalliklari
Kafedra xodimlari ilmiy tadqiqot ishlari pedagogik kadrlarni tayorlash va amaliy sog‘liqni saqlash talablariga binoan olib borilib, xozirgi vaqtda fan va texnika rivojlanishi davlat dasturlari asosida muammolarni echishga qaratilgan.XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
Samarqand davlat tibbiyot universitetining ta’lim, ilmiy va klinik faoliyatini internatsionalizatsiya qilish uning strategik rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Universitetning xalqaro faoliyati jahon ta’lim va ilmiy makoniga integratsiyalashish, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, akademik mobillikni rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda xalqaro ta’lim standartlarini joriy etishga yo‘naltirilgan.
Internatsionalizatsiyaning asosiy yo‘nalishlari xorijiy ta’lim oluvchilar va professor-o‘qituvchilarni jalb etish, xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar akademik mobilligini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturlarini joriy etish, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirishdan iborat.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 60 dan ortiq yetakchi xorijiy universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot markazlari va xalqaro tashkilotlar bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Xalqaro hamkorlik o‘zaro sheriklik, akademik erkinlik va teng huquqlilik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Universitet Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH mamlakatlarining ta’lim va ilmiy muassasalari bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini muvaffaqiyatli rivojlantirib, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy tadqiqotlar, akademik mobillik dasturlari, xalqaro konferensiyalar, stajirovkalar hamda tibbiy ta’lim sifatini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirmoqda.
Har yili Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirib bormoqda. Bu esa ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim loyihalarini amalga oshirish, malaka oshirish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar va akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish maqsadida universitetga tashrif buyuradigan xorijiy olimlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, shifokorlar va ta’lim oluvchilar sonining ortishiga xizmat qilmoqda.
Universitet jahonning turli mamlakatlaridagi yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini izchil rivojlantirib, bilim, kasbiy tajriba va innovatsion texnologiyalar bilan xalqaro almashinuv uchun qulay sharoitlar yaratmoqda. Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijiy abituriyentlar, talabalar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchi mutaxassislar uchun ochiq bo‘lib, ta’lim olish, ilmiy faoliyat olib borish va kasbiy hamkorlik qilish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Otorinolaringologiya kafedrasi universitetning xalqaro siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok etib, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarning o‘ndan ortiq universitetlari hamda ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kafedraning asosiy hamkorlari qatoriga Nagoya davlat tibbiyot universiteti (Yaponiya), Ivano-Frankivsk milliy tibbiyot universiteti (Ukraina), Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi), Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston Respublikasi), shuningdek, Yevropa mamlakatlarining qator universitetlari va ilmiy-klinik markazlari kiradi.
Akademik mobillik dasturlari doirasida kafedra xodimlari muntazam ravishda stajirovkalarda qatnashadilar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar, ta’lim seminarlar va mahorat darslarida ishtirok etadilar, yetakchi xorijiy tibbiyot muassasalariga tashrif buyuradilar, xorijiy hamkasblar bilan kasbiy tajriba almashadilar hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadilar. Xalqaro hamkorlik zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish, kafedraning ilmiy salohiyatini rivojlantirish va yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Kafedra xodimlari yillik reja asosida texnikum va akademik litseylarga amaliy-metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda. Mazkur muassasalarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv-amaliy tadbirlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Xalqaro ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida kafedrada Samarqand davlat tibbiyot universiteti Otorinolaringologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, dotsent T.Yu. Vladimirova ham ta’lim oluvchilar bilan mashg‘ulotlar olib boradi. Uning o‘quv jarayonidagi ishtiroki kasbiy tajriba almashish, ta’lim berish va klinik tayyorgarlikka zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, kafedralararo va akademik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.