Shamsiev Jamshid Azamatovich
Kafedra mudiri, professor
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 09:00-15:00 |
| Tel: | +998 97 910 00 41 |
| E-mail: | shamsiyevja@mail.ru |
| Manzil: | Samarqand Sh., M.Ulug'bek ko`chasi 70a |
KAFEDRA XODIMLARI
Zayniyev Suhrob Sabirovich PhD, dotsent
| Dars
o‘tadigan fani:
|
Bolalar xirurgiyasi |
| Tel: |
+998 (91) 535 51 56 |
| Dars o’tadigan kurslari: |
|
Daniyarov Erkin Suyunovich
Kafedra katta o‘qituvchisi, davolash ishlari bo‘yicha mas’ul
| Dars o’tadigan fani: |
Bolalar
xirurgiyasi
|
| Tel: |
+998 (91) 315 78 52 |
| Dars o’tadigan kurslari: | 3, 4, 5 |
Maxmudov Zafar Mamadjanovich
PhD, assistent, davolash ishlari bo‘yicha mas’ul
Dars o’tadigan fani: | Bolalar
xirurgiyasi
|
Tel: | +998 (93) 721 90 06 |
Dars o’tadigan kurslari: | 3, 4, 5 |
Dusyarov Jalolitdin Toirovich
Kafedra assistenti
Dars o’tadigan fani: | Bolalar anesteziologiya va renaimatolgiya
|
Tel: | +998 (90) 604 66 47 |
Dars o’tadigan kurslari: | 3, 4, 5 |
Unabaev Jasur Oromovich
Kafedra assistenti
Dars o’tadigan fani: | Bolalar
anesteziologiya va renaimatolgiya
|
Tel: | +998 (97) 911 35 56 |
Dars o’tadigan kurslari: | 3, 4, 5 |
KAFEDRA TARIXI
1997 yilda professor A.M.Shamsiev rahbarligida gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi qoshida vrachlar malakasini oshirish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi tashkil etilgan edi. (SamTI rektorining 1997 yil 17 iyun № 147-sonli buyrug‘i) kursning birinchi mudiri etib t.f.n. dotsent Sh.A.Yusupov,
Yusupov Sh.A.
kurs dotsenti etib N.R.Mamurov va o‘quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n. M.S.Melieva tayinlangan.
Mamurov N.R.
2002 yildan o‘quv ishlari uchun mas’ul etib t.f.n., assistent, 2005 yildan B.A.Yuldashev tayinlangan edi.
Yuldashev B.A.
2005 yildan kurs mudiri lavozimiga t.f.n., dotsent J.A.Shamsiev tayinlangan. Kurs faoliyatining dastlabki yillarida 2,5 oylik malaka oshirish kurslari, keyinchalik 6 oylik bolalar xirurgiyasi bo‘yicha ixtisoslashtirish, shuningdek 2 va 1 oylik malaka oshirish sikllari o‘tkazilgan.
2013 yildan SamTI diplomdan so‘ngi o‘qitish fakultetining bolalar xirurgiyasi kursi bilan bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiya kurslari birlashtirilib, bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi kafedrasi tashkil etildi. Bugungi kungacha kafedrani t.f.d., professor J.A.Shamsiev boshqarib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur kafedrada t.f.d., professor J.A.Shamsiyev, dosent S.S. Zayniyev, PhD Z.M.Maxmudov, PhD E.S.Daniyarov, assistentlar J.T.Dusyarov, J.O.Unabayevlar faoliyat ko’rsatmoqda.
SamDTU DKTF bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi SamDTU Ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi bazasida joylashgan. Ushbu klinika xozirgi zamon talabga javob beradigan 200 koykaga egadir. Markazda bolalar torakal xirurgiyasi, urologiya, shoshilinch va yiringli xirurgiya, kardioxirurgiya, rejali xirurgiya, chakoloklar xirurgiyasi, anesteziologiya-reanimatologiya, bir kunlik xirurgik stasionar va diagnostika markazi joylashgan. O‘quv ishlari uchun klinikada konferens zal, 6 ta ukuv xonasi, internet tizimiga ulangan komp'yuter kabinet va kutubxona ajratilgan.
Kafedra foliyati Samarqand viloyati va boshqa qo’shni viloyatlar terapevt-vrachlari malakasini oshirish, ularni yangi tekshiruv usullariga o’rgatishga ham yo’naltirilgan.
Kafedra o’zining faoliyati davomida 1000 dan ortiq bolalar xirurglari va 1500 ta bolalar anesteziolog-reanimatologlarini o’qitdi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR.
Xar bir o‘qituvchi vrach - tinglovchilar bilan tarbiyaviy ishlar olib boradi. Shu jumladan, kafedrada tuzilgan reja asosida xar payshanba kuni ma'naviyat soatlari o‘tkaziladi va jurnalga rasmiylashtiriladi. Kafedra o‘qituvchilari yotokxonalarga borib, vrach - tinglovchilar xolidan va yashash sharoitidan xabar olib turadi. Kafedrada ma'naviyat va ma'rifat burchagi mavjud. Falsafiy dunyokarashni mukammallashtirish uchun xamma shart sharoit mavjud. Vrach- tinglovchilar bilan birgalikda shaxarning dikkatga sazovor joylarini va tarixiy obidalarni ziyorat qilish odat tusiga kirib qolgan. Kafedra xodimlari tomonidan tashkilotlarda ma'ruzalar 5 ta, ommaviy axborot vositalarida 2 ta chiqish tashkil qilingan.
Kafedra xodimlari universitet jamoat ishlarida xam faol ishtirok etadi. Kafedraga biriktirilgan bolalar uyi tarbiyalanuvchilarida tibbiy kurik o‘tkazildi. Tarbiyalanuvchilarga xayriya, sovg‘alar berilib turilibdi.
O‘QUV-USLUBIY ISHLAR
Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar O’zbekiston Respublikasi o’quv me’yoriy-huquqiy hujjatlari asosida tashkil etiladi. Jumladan:
Tasdiklangan ukuv-uslubiy ishlari rejasi buyicha xisobot davri mobaynida 6 oylik okimlar utkazilgan. Bolalar xirurgiyasi, anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasida reja buyicha 192 vrach utish shart edi. Xisobot davr ichida 185 ta vrach uz malakasini oshirdi.
Kafedrada tinglovchilar bilimi xar kunlik surov, vaziyatli masalalar yechish, testlar, «Moodle» elektron ukitish sistemasi va muxokoma yullari bilan nazorat kilinmokda.
Amaliy mashgulotlarda tinglovchilar bemorlar kurigida qatnashadi, operatsiyalarga va boglamlarni almashtirishga faol katnashadi. Muolaja xonasida xar xil amalyotlarni bajarishadi. Xisobot davrida malakaviy ish ximoya kilingan. Tinglovchilar klinikada navbatchilik kilganlar, klinik va patanotomik anjumanlarda faol katnashganlar.
O‘quv yilida tinglovchilar bazis bilimi 83 % ni tashkil kiladi. Ukishlarning oxirida esa bilimlari 96-98 % ga yetadi. Amaliy kunikmalarni uzlashtirish indeksi – 1.0 Xar bir okim tinglovchilarga bilimlarini kursatuvchi reyting-ekran tuziladi. Umumiy bilim baxolari 4 va 5 baxoga tinglovchi topshirdi.SamTI vrachlarini diplomdan so’ngi tayyorlash fakulteti bolalar xirurgiyasi, anesteziologiyasi va reanimatologiyasi bo’yicha UAShlar uchun 7 ta, QVP terapevtlari, oilaviy poliklinikalar va boshqa tor soha mutaxassislari uchun zarur o’quv dasturlariga ega.
Tinglovchilarni o’qitish uchun ma’ruza materiallari prezentasiya shaklda, amaliy mashg’ulotlar rejasi, test sinovlari va amaliy ko’nikmalar sanamasi mavjud.
Ma’ruzalarni t.f.d, professor J.A Shamsiyev o’qiydi. Amaliy mashg’ulotlar va seminarlarni assistentlar S.S.Zaynyev, E.S.Daniyarov, Z.M.Maxmudov, J.T.Dusyarov, J.O.Unabayevlar olib boradi.
Tinglovchilarning bilimlari baholash reyting tizimida olib boriladi. Joriy nazorat og’zaki so’rov va mashg’ulot paytida amaliy-ishlash yo’li bilan o’tkaziladi. Tinglovchilar uchun keyingi yillarda 3 ta monografiya chop etildi.
ILMIY-TADQIQOT IShLARI
2025 yilda kafedrada 7 nafar ilmiy pedagogik xodimlar, shulardan 1 nafar professor, 1 dosent, 3 t.f.n. 1 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafari assistent va
- shulardan 2 nafari mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat kursatadilar. Xodimlardan 5 nafari ilmiy darajaga ega.
- Makolalar –10 ta (Xorijiy – 2, Respublika – 8 (VAK – 8),
- Ilmiy darajalilar 71,4 % tashkil kiladi. Ilmiy darajasiz assistentlar: 40 yoshgacha – 2 kishi.
- Professor J.A.Shamsiev raxbarligida 5 nafar PhD dissertasiya ximoya qilindi.
- Kafedrada 2025 yilda 18 ta ilmiy ish chop etilgan
- (Xorijiy –4, Respublikada – 14):
- Tezislar – 8 ta (Xorijiy – 4, Respublika – 4).