Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

DKTF travmatologiya va ortopediya kursi


Tilyakov Xasan Azizovich

DKTF travmatologiya va ortopediya kursi mudiri, PhD, v.v.b dotsent

Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 09:00-14:00
Tel:

+998 (90) 444 1331

E-mail: tiliakov@bk.ru
Manzil:

Toshkent shaxar Shayxontoxur tumani Zulfiyaxonim 8b 45-xonadon


KAFEDRA XODIMLARI


Pardaev Saidkosim Norkulovich T.f.n., dotsent

Dars o’tadigan fani:

Travmatologiya va ortopediya.

Tel: +998 (93) 330 50 05

Dars o’tadigan kurslari:



Shamsiev Jasurbek Zafarovich Assistent

Dars o’tadigan fani:

Travmatologiya va ortopediya.

Tel:

+998 (99) 213 55 50

Dars o’tadigan kurslari:

Umirov Abdullo Umirovich Assistent

Dars o’tadigan fani:

Travmatologiya va ortopediya.

Tel:

+998 (93) 346 81 88

Dars o’tadigan kurslari:



KAFEDRA TARIXI


  O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining buyrug’iga binoan, 8.09.2000 y. 683 - AF Sami rektori tomonidan diplomdan keyingi ta’lim fakulteti qoshida shifokorlar malakasini oshirish bo’yicha travmatologiya va ortopediya kursi tashkil etildi.

  Kurs Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududida joylashgan. Kurs mudiri 14.00.22 "travmatologiya va ortopediya" mutaxassisligi bo’yicha tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Tilyakov Aziz Buriyevich etib tayinlandi.

  1997 yilda Sami rektorining 7.07.1997 yildagi 174-sonli buyrug’iga asosan travmatologiya va ortopediya kursi SamDTI vrachlar malakasini oshirish fakulteti travmatologiya va ortopediya kafedrasida tashkil etildi.

  Travmatologiya va ortopediya kafedrasi 1964 yilda Samarqand shahrida GMO-2 bazasida tashkil etilgan. Kafedra mudiri professor P. N. Karpenko edi.

  1965-1973 yillarda kafedraga professor P. Z. Zavesa mudirlik qilgan.

  1973-1982 yillarda dotsent yu. y. Shvabe rahbarlik qilgan.

  1982-1996 yillarda kafedraga professor Tivyakov B. T. rahbarlik qilgan


  Professor Urinbayev P. U. 1996-2016 yillar kafedraga rahbarlik qilgan.

  Professor Tilyakov B. T. 1982-1996 yillarda professor Urinbayev P. U. 1996-2016 yillarda kafedraga rahbarlik qilgan. 2016 yildan hozirgi kungacha kafedraga dotsent S. N. Pardayev rahbarlik qilib keladi. RITOIATMSF hududida travmatologiya va ortopediya yunalishi buyicha vrachlarining malakasini oshirish kursi tashkil etilgan. Kurs rahbari dosent Yusupova N. I., keyin K. M. N. Turayev B. T. kursiga rahbarlik qilgan 2021yildan RITOIATMSF hududida SamMU DKTF travmatologiya va ortopediya kursning ochilishi va SamDTI rektori professor J. A. Rizayev tashrifi


KURS MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI


  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Tavmatologiya va ortopediya kursi faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Kursda ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Shamsiev J.Z. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kursda professor-o'qituvchilar kursantlar o'rtasida ish olib boradi:

  • Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, kursantlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
  • respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  • kursantlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  • kursantlar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  • dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida kursantlarga o'z vaqtida ma'lumot yetkazib berish ;
  • kursantlar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
  • o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda kursantlarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;



KURSDA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kursda Travmatolog va ortoped vrachlari o’z malakasini oshirishadi. Travmatologiya va ortopediyaning hozirgi umumiy va hususiy muammolari mavzusida umumiy o’quv tsikli mavjud (24 kun, 144 soat). Bundan tashqari kusrda kursantlar mavzuiy tsikllar o’tishadi. KDO, BIOS, Ambulator travmatologiya, Yirik bo’g’imlarni endoprotezlash, Umurtqa pog’onasi jaroxatlari va kassaliklarini zamonaviy davolash bo’yicha 72 soatlik tsikllarimiz mavjud.

Kursda klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).


  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:
  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Kursantlar uchun mavzuga oid bemorlarni ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan. MRT, MSKT, KT, Doplerografiya kabi qo’shimcha zamonaviy tekshirish usullari o’rgatiladi.


KURSNING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Kursning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kursning barcha xodimlari kurs va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 1 nafar xodim tayanch doktoranturada (Shamsiev Jasur Zafarovich).

  So'nggi 2 yil ichida kurs xodimlari tomonidan 30 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan, 1 ta o'quv qo'llanma, 1 ta monografiya, 1 ta elektron dastur, 2 ta patent, 1 ta Grand, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 20 dan ortiq maqolalar.

Kurs hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanma

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

Tilyakov A. B.

Tilyakov X. A

Tayanch-xarakat tizimi shikastlanishlari va kasalliklarini davolash

Kurs hodimlari tomonidan chop etilgan monografiyalar

1

Tilyakov A. B

Tilyakov X. A.

Eranov N. F

Chanoq suyaklarining qo’shma jaroxatlarini tashxislash va davolash taktikasi.


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, halqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir.

  60 dan ortiq davlat va halqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yo’nalishda halqaro hamkorlikning qatnashchilari bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTI-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.
SamDTI butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va institut eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kursning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  • Evropa mamlakatlaridagi hamkasblar:
  • Avstriya Grats tibbiyot universiteti
  • Popa Jon Paul II nomidagi oliy o‘quv maktabi