DKTF psixiatriya va narkologiya kursi

Ochilov Ulugbek Usmanovich
Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya ва наркология kursi mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent
| Qabul vaqti: | Dushanba-Shanba: 09:00-14:00 |
| Tel: |
+998 (97) 910 24 64
|
| E-mail: | ulugbek_o@mail.ru |
| Manzil: |
Samarqand sh., Barkamol
koʼch., 18 –uy
|
PSIXIATRIYA KURSI TARIXI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 martdagi «Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3606-son qaroriga muvofiq, Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti tarkibida Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasi negizida Psixiatriya kursi tashkil etildi. Kursga tibbiyot fanlari nomzodi A.S. Velilyaeva 2018–2020 yillarda rahbarlik qilgan.
2020 yil sentabr oyidan boshlab Psixiatriya, tibbiy psixologiya va narkologiya kafedrasidan alohida ajralib, Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti tarkibida Psixiatriya kursi tashkil etildi. Kursga tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent Ochilov Ulug‘bek Usmanovich mas’ul etib tayinlandi.

Samarqand viloyatida narkolog mutaxassislarning malakasini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini inobatga olgan holda, Diplomdan keyingi ta’lim fakultetining Psixiatriya kursida narkolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida 2025 yil 29 yanvardagi Universitet Ilmiy kengashining 6-sonli qaroriga asosan kursning nomi «Psixiatriya va narkologiya kursi» deb o‘zgartirildi.
Kursda o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normativ-huquqiy va o‘quv-uslubiy hujjatlar talablariga muvofiq tashkil etilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq, psixiatriya va narkologiya fanlarini o‘rganish jarayonida kursantlar kasalliklarning klinik jihatlari bilan tanishadilar, shuningdek, amaliyotda qo‘llaniladigan zamonaviy tekshiruv va tadqiqot usullarini mustaqil ravishda o‘zlashtiradilar.
Malaka oshirish sikli davomida kursantlar egallagan amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida yakuniy imtihon topshiradilar.
O‘tgan yillar davomida kurs tomonidan 8 ta uslubiy qo‘llanma, 4 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya tayyorlandi.
KAFEDRA MA'NAVIY-MA'RIFIY ISHLARI
Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, uning har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol, vatanparvar va yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashish o‘zbek xalqining milliy va ma’naviy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya va narkologiya kursi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Kursda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar tasdiqlangan yillik reja asosida muntazam ravishda tashkil etiladi. Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni mas’ul o‘qituvchi Ch.A. Kuchimova muvofiqlashtiradi va tashkil etadi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirishda kurs professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etadilar.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida kursantlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari bilan bir qatorda, ularning ma’naviy-axloqiy, huquqiy, siyosiy va madaniy dunyoqarashini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan kursantlar o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari, ma’ruzalari va nutqlari, shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyati bilan kursantlarni muntazam tanishtirish;
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar va davlat dasturlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
- kursantlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur, fuqarolik mas’uliyati va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, kattalarga ehtirom, inson qadrini ulug‘lash va jamiyatda o‘zaro hurmat tamoyillarini qaror toptirish;
- kursantlarning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini kengaytirish, ularni milliy tarix, madaniyat, san’at, adabiyot va milliy an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash;
- respublikada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik islohotlari, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot jarayonlari haqida kursantlarni xabardor qilib borish;
- kursantlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish, jismoniy va ruhiy salomatlikni asrash, zararli odatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
- psixik salomatlikni muhofaza qilish, stressni boshqarish, kasbiy emotsional zo‘riqish va charchoqning oldini olish masalalariga e’tibor qaratish;
- kursantlar o‘rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, Konstitutsiya va qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish;
- inson huquqlari, tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qilish, bemorlar huquqlari va sha’ni-qadr-qimmatini hurmat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
- dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy voqealar haqida kursantlarga o‘z vaqtida ma’lumot berib borish;
- yosh mutaxassislarda kasbiy mas’uliyat, halollik, adolat, insonparvarlik va fidoyilik kabi fazilatlarni shakllantirish;
- tibbiyot xodimining jamiyatdagi o‘rni va mas’uliyati, shifokorlik kasbining yuksak axloqiy mezonlari haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
- kursantlar o‘rtasida sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va kasbiy hamkorlik muhitini mustahkamlash;
- turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, ma’ruzalar va tematik uchrashuvlar tashkil etish;
- davlat bayramlari, tarixiy sanalar, buyuk allomalar va mutafakkirlar tavallud sanalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish;
- kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ilmiy, badiiy va ma’rifiy adabiyotlarni mutolaa qilishga qiziqishni oshirish;
- kursantlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan oqilona va samarali foydalanish, axborot xavfsizligi va mediamadaniyat tamoyillariga rioya qilishga yo‘naltirish;
- yot g‘oyalar, turli zararli axborotlar va ma’naviy tahdidlarga nisbatan sog‘lom dunyoqarash va tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
- jamoat ishlari va ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarda kursantlarning faol ishtirokini ta’minlash;
- tibbiy kasb nufuzini oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish va jamiyatga xizmat qilish g‘oyalarini keng targ‘ib etish.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar davomida kurs professor-o‘qituvchilari kursantlarning nafaqat kasbiy kompetensiyalarini, balki ularning shaxsiy va ijtimoiy fazilatlarini ham rivojlantirishga alohida e’tibor qaratadilar. Bu jarayonda insonparvarlik, bemorga hurmat, kasbiy odob-axloq, mas’uliyat, vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchi kabi qadriyatlarni shakllantirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, kursda psixiatriya va narkologiya sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning kasbiy madaniyatini yuksaltirish, tibbiy etika va deontologiya talablariga qat’iy rioya qilish, bemorlar bilan muloqot madaniyatini takomillashtirish va zamonaviy tibbiyotning insonparvarlik tamoyillarini amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan ishlar ham muntazam olib boriladi.
Natijada kursda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar kursantlarni yuksak ma’naviyatli, keng dunyoqarashli, mas’uliyatli, insonparvar va o‘z kasbiga sadoqatli tibbiyot mutaxassisi sifatida shakllantirishga xizmat qiladi.
KURS O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI
Kursda o‘quv-uslubiy ishlar O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan normativ-huquqiy va o‘quv-uslubiy hujjatlar, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari hamda tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan. Ta’lim jarayoni zamonaviy tibbiy ta’lim talablariga muvofiq ravishda tashkil qilinib, kursantlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar va tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq, psixiatriyani o‘rganish jarayonida kursantlar psixik kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, klinik belgilari, tasnifi, diagnostikasi, differensial diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilan tanishadilar. Shuningdek, kursantlar klinik amaliyotda qo‘llaniladigan zamonaviy tekshiruv va tadqiqot usullarini mustaqil ravishda o‘zlashtiradilar.
Ta’lim jarayonida nazariy mashg‘ulotlar klinik amaliyot bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi. Kursantlar psixiatriya sohasida uchraydigan turli klinik holatlarni tahlil qiladilar, bemorlarning psixik holatini baholash, anamnez yig‘ish, psixopatologik simptom va sindromlarni aniqlash, klinik tashxis qo‘yish va davolash taktikasini belgilash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Kursda klinik ordinatura yo‘nalishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yilgan. Klinik ordinatorlarni tayyorlash jarayonida zamonaviy psixiatriyaning nazariy va amaliy masalalari, psixodiagnostika, psixofarmakoterapiya, psixoterapiya, psixoreabilitatsiya, shoshilinch psixiatriya va profilaktik psixiatriya yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quv jarayonining asosiy maqsadi
Kursda ta’lim jarayonining asosiy maqsadi — psixiatriya va narkologiya sohasida zamonaviy bilimlarga ega, klinik fikrlay oladigan, amaliy ko‘nikmalarni mukammal egallagan, tibbiy etika va deontologiya tamoyillariga rioya qiladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
O‘quv, uslubiy va klinik ishlarning o‘zaro uyg‘unligi kursantlarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, klinik fikrlashini rivojlantirish va zamonaviy tibbiy amaliyot talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi.
KURSDA ILMIY TADQIQOT ISHLARI
So‘nggi yillarda kurs professor-o‘qituvchilari va xodimlari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlari faol olib borilib, psixiatriya, narkologiya, tibbiy psixologiya, psixoreabilitatsiya va psixik salomatlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Kurs xodimlari tomonidan jami 68 ta ilmiy maqola, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda 26 ta maqola nashr etilgan.
2018 yilda Ochilov Ulug‘bek Usmanovich tomonidan «OIV bilan zararlangan psixoaktiv moddalarni iste’mol qiluvchi bemorlarda ruhiy buzilishlarning shakllanishi va dinamikasi» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
2025 yilda professor J.A. Rizaev va professor Sh.Sh. Magzumovaning ilmiy rahbarligida Ochilov Ulug‘bek Usmanovich tomonidan «O‘smirlarda xavotirli-depressiv buzilishlarning tibbiy-ijtimoiy korreksiyasi va reabilitatsiya jarayonining xususiyatlari» mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Hozirgi kunda kursda ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari ham izchil davom ettirilmoqda. Kuchimova Ch.A. doktoranturada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Ro‘zieva L.X. esa tayanch doktoranturada tahsil olib, psixiatriya va narkologiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqda.
2018 yildan buyon kurs xodimlari Rossiya Federatsiyasi, Turkiya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilgan 14 ta ilmiy seminar, forum va konferensiyalarda ma’ruzalar bilan ishtirok etib kelmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida 64 ga yaqin tezis nashr etilgan.
Kurs xodimlari universitetda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda ham faol ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, 2018 yilda universitetda kurs xodimlarining faol ishtiroki bilan «Suitsidologiya bilan psixiatriya va tibbiy psixologiyaning dolzarb muammolari: zamonaviy amaliyot va rivojlanish yo‘nalishlari» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Shuningdek, 2022 yildan boshlab har ikki yilda kursning faol ishtiroki bilan xalqaro «Samarqand bahorgi yosh psixiatrlar va narkologlar maktabi» o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur xalqaro tadbir doirasida psixiatriya va narkologiya sohasidagi zamonaviy ilmiy yutuqlar, diagnostika va davolash usullari, yosh mutaxassislarning ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sohaning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Kursda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilmiy kadrlar tayyorlash, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etish, ilmiy maqolalar va tezislar nashr etish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini klinik amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratiladi.
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI
Kurs professor-o‘qituvchilari xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, xorijiy tibbiyot ta’limi va ilmiy muassasalari bilan tajriba almashish, malaka oshirish hamda zamonaviy tibbiy yondashuvlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «El-yurt umidi» jamg‘armasi tanlovi dasturiga muvofiq, xorijda pedagog kadrlarni tayyorlash maqsadida Ochilov Ulug‘bek Usmanovich 2019 yil 29 noyabrdan 26 dekabrga qadar Rossiya Federatsiyasining akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universitetining Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti Psixiatriya va psixoterapiya kafedrasida «Narkologiyaning dolzarb masalalari» mavzusida 144 akademik soat hajmida malaka oshirish kursini professor D.S. Petrov rahbarligida o‘tagan.
Akademik I.P. Pavlov nomidagi Ryazan davlat tibbiyot universiteti
DKTF psixiatriya va psixoterapiya kafedrasi mudiri professor t.f.d. Petrov Dmitriy Sergeevich
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri, Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha Ishchi komissiyasi yig‘ilishining 2023-yil 19-maydagi 16-son bayonnomasiga asosan 2023-yil 6-16 iyul kunlari Fransiya Oliy psixomotor reabilitatsiya instituti (Institut Superieur de Reeducation Psychomotrice, “ISRP”) bilan akademik almashinuv maqsadida tashkil etilagan malaka oshirish kursida ishtirok etdim.

2024 yil 2–9 sentabr kunlari Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlarning I Tibbiy kongressida Ochilov Ulug‘bek Usmanovich ishtirok etdi. Kongress doirasida turkiy davlatlar o‘rtasida tibbiyot, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va ilmiy yutuqlarni muhokama qilishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etildi.

Kurs xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy ta’lim va tibbiyot muassasalari bilan ilmiy-ta’limiy aloqalarni yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va kursantlarning xalqaro ilmiy-ta’limiy tadbirlarda ishtirokini kengaytirish, xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish hamda psixiatriya va narkologiya sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘quv va klinik amaliyotga joriy etishga alohida e’tibor qaratmoqda.