×
Menu
Close Menu

DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi

Raxmanov Qosim Erdanovich Tibbiyot fanlari doktori, dotsent

DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi mudiri, t.f.d, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba, Shanba soat 8:30-14:00
Tel: +998 (97) 914 55 21
E-mail: qosimmedik@mail.ru
Manzil: Samarqand shaxar, A’zam ko’chasi, 18.

KAFEDRA XODIMLARI


Narzullaev Sanat Inoyatovich 

Tibbiyot fanlari nomzodi., professor

Telefon raqami:
+998 (98) 273 92 02
Dars o‘tadigan fani:Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari:vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent:

Viloyatlar xirurglari


Mizamov Furkat Ochilovich

Tibbiyot fanlari nomzodi., dotsent

Telefon raqami:
+998 (91) 530 98 92
Dars o‘tadigan fani:Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari:vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent:

Viloyatlar xirurglari


Achilov Mirzarakim Temirovich 

Tibbiyot fanlari nomzodi., dotsent

Telefon raqami:
+998 (97) 910-27-27
Dars o‘tadigan fani: Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari: 1-2 kurs klinik ordinatorlar
Dars o‘tadigan kontingent: xirurgiya fani bo‘yicha klinik ordinatorlar

Shonazarov Iskandar Shonazarovich

Tibbiyot fanlari doktori., dotsent

Telefon raqami:
+998 (91) 540-33-30
Dars o‘tadigan fani: Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari: vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent: xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

Elmurodov Golibjon Karshievich 

Tibbiyot fanlari nomzodi., dotsent

Telefon raqami:
+998 (94) 242 84 33
Dars o‘tadigan fani:Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari:vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent:xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

Axmedov Raxmatillo Furkatovich

Tibbiyot fanlari nomzodi., dotsent

Telefon raqami:
+998 (90) 657-68-68
Dars o‘tadigan fani: Xirurgiya
Dars o‘tadigan kurslari: vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent: xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

Abduraxmonov Farxod Raxmonovich

Tibbiyot fanlari nomzodi., dotsent

Telefon raqami:
+998 (97) 288 37 75
Dars o‘tadigan fani: Urologiya
Dars o‘tadigan kurslari: vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent: xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

Yusupova Zumrad Qadamboevna Assistent

Telefon raqami:
+998 (93) 776 62 29
Dars o‘tadigan fani:Anesteziologiya-reanimatologiya
Dars o‘tadigan kurslari:vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent:xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

Sadullaev Muxammad Musurmonovich Assistent

Telefon raqami:
+998 (93) 349 77 63
Dars o‘tadigan fani:Anesteziologiya-reanimatologiya
Dars o‘tadigan kurslari:vrach-tinglovchilar
Dars o‘tadigan kontingent:xirurgiya fani bo‘yicha vrachlar

KAFEDRA TARIXI


  Samarqand Davlat tibbiyot instituti DKTF xirurgiya, endoskopiya va anesteziologiya- reanimatologiya kafedrasi 1983 yilda tashkil topgan. Kafedraning tashkilotchisi va birinchi mudiri o’sha paytlarda Viloyat bosh xirurgi t.f.n., dosent A.I. Sidorenko bo’lgan (1983-88). O‘sha paytlar kafedra tarkibida dotsent Abdullaev S.A., dos. Mamishev O.M., dos. Ilyasov I.I. faoliyat yuritishgan.

Sidorinko A. I. Dotsent

  1988 yildan kafedraga professor S.A.Abdullayev mudirlik lavozimiga saylangan. 1993-95 yillari kafedra kursga aylantirilgan, va 1995 yili yana kafedraga aylantirilgan. O’sha vaqtlari kafedra Samarkand shahar 1-son shahar klinik shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasida joylashgan bo’lgan. Undan so’ng kafedra bir qancha davrga Samarkand tuman markaziy shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga ko’chirilgan. 1997 yili kafedra 1-son shahar shifoxonasidan 1-son Viloyat birlashgan shifoxonasining xirurgiya bo’limi bazasiga ko’chirilgan. 2000 yili kafedra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filiali bazasiga ko’chirildi. Professor S.A.Abdullayev kafedraga 2003 –2004 o’quv yiligacha mudirlik qildilar. Professor Abdullaev S.A. kafedraga mudirlik qilgan paytlari kafedra xodimlari “Ko‘krak qafasi travmasi” mavzusida ilmiy izlanishlr olib borishganlar. Bir nechta o‘quv qo‘llanma, monografiya va ilmiy maqolalar nashr qilingan. Bu davrda kafedra tarkibida dos. Mamishev O.M., dos. Ilyasov I.I., доц. Ачилов М.Т. faoliyat yuritishgan.

Abdullayev S.A. Professor

  2004-2005 o’quv yilining boshidan kafedraga t.f.d., professor J.A. Axtamov saylandi. U kishi bir vaqtning o’zida RShTYОIM Samarqand filialining direktori lavozimida ham ishlar edi. 

  Professor J. A. Axtamov 1996 yilda Respublikada birinchilardan bo’lib Samarqand shahar №1 klinik shifoxona bazasida ko’pfunksional endoskopik xirurgiya markaziga asos soldi va ushbu bo’limning mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu bo’limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan. Ushbu bo’limga 2002 yildan boshlab Viloyat endoxirurgiya markazi statusi berilgan. 

   J.A. Axtamov Respublikada birinchilar qatorda xirurgik amaliyotga qorin bo’shlig’i a’zolari kichik chanoq va siydik yo’llarida endoskopik operasiyalarni qo’llash usullarini kiritgan.

  1996 yilda u kishi «Ibn Sino» tibbiyot texnologiyalariga ko’maklashish Fondini asoslagan va shu jamg’arma orqali uzluksiz nashr etilib kelinayotgan kelinayotgan « Umumiy amaliyot do’xtiri axborotnomasi » ilmiy – amaliy jurnaliga ta’sischilik qilgan. Ushbu jurnalning bosh muharriri muovini vazifasini jamoatchilik asosida bajarib kelgan. Shu bilan birgalikda «O’zbekistok xirurgiyasi» jurnalini ma’sul kotibi sifatida ham o’z hissasini qo’shgan. Professor J.A. Axtamov Samarqand va Respublikamizda endoskopik xirurgiyani rivojlanishida o’zining munosib hissasini qo’shgan. U kishining rahbarligida RShTYoIM Samarqand filialida amaliyotga quyidagi davolash usullari kiritilgan: qorin oldingi devori katta, gigant va operasiyadan so’nggi residiv churralarini davolashda polipropilen setkasi yordamida protezlash, qorin bo’shlig’i parenximatoz a’zolari travmasida «Damage control», og’ir va o’tkazib yuborilgan peritonitlarni davolashda «Rejalashtirilgan laparostoma», qorin bo’shlig’i parenximatoz a’zolari travmasida konservativ davolash usullaridir. U kishi rahbarligida kafedra ass. Shonazarov I.Sh. tomonidan 2008 yilda “Bitishmali o‘tkir ichak tutilishini davolash va bashoratlashni takomillashtirish tamoyillari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilingan. Bu davrda kafedra tarkibida dos. Narzullaev S.I., dos. Achilov M.T., ass. t.f.n., Ismailov A.I., ass. Mizamov F.O., ass. tf.n., Shonazarov I.Sh. lar faoliyat yuritishgan.

J. A. Axtamov Professor

  2008-2009 o’quv yilidan to 2023 yilgacha kafedra mudiri lavozimida dosent Narzullayev S.I. mudirlik qildi. U kishi 1972 yili kandidatlik dissertasiyasini himoya qilgan. 

  1974 yilda «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan. 

  1984 yildan dosent unvoni berilgan. Talabalar va yoshlar kadrlarni tarbiyalashdek muhim ishda o’zining katta hissasini qo’shgan ustoz hisoblanib, tibbiyotda ko’plab yangi davolash-diagnostik usullarni kiritgan. Shulardan biri Samarqandda birinchi bo’lib diagnostik-differensial usul sifatida laparoskopiya usulini amaliyotga tadbiq etgan. S.I. Narzullayev o’zining boy tajribasi va bilimini hozirgi kunda ham ayamasdan kafedraga malaka oshirishga kelayotgan barcha tinglovchilarga o’rgatib, ularda hozirgi kun tibbiyotida yangi dunyo qarash va xirurgiyaning diagnostika va davolash borasida yangi texnologik usullarni keng qo’llashni kabilarni o’rgatmoqda. Mehnat faoliyati davomida Respublikamiz va xorijdagi halqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda fatkanshib kelmoqda. U kishining 200 dan ortiq ilmiy, 20 o’quv va o’quv-uslubiy ishlari, ko’plab rasionalizatorlik takliflri va patenlari chop etilgan.

  Halq sog’ligini tiklash yo’lidagi mehnatlari evaziga Samarqand Davlat institutining 90-yillik yubileyi munosabati bilan uchinchi marotaba «Sog’liqni saqlash a’lochisi» ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu davrga kelib kafedrada prof. Rustamov I.R., dos. Achilov M.T., dos. Zamanov Yu.R., dos. Karpina L.S., ass. t.f.n., Ismailov A.I., ass. Mizamov F.O., ass. t.f.n., Shonazarov I.Sh., ass. Kurbonov N.A., ass. Elmurodov G.K., ass. Axmedov R.F.lar faoliyat yuritishgan.

Narzullayev S.I. Dotsent

  2023 yildan kafedraga tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD dotsent Kurbanov Nizom Azizovich tayinlandi. O‘tgan qisqa vaqt ichida Kurbanov N. A. ishiga nisbatan tirishqoqligi, kafedra kollektivi va ish jarayoniga nisbatan e’tiborligi va xayrixohligi, intiluvchanligi, o‘z kasbiga va fanga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon qildi. Bu davrga kelib kafedrada dos. Нарзуллаев С.И., dos. Achilov M.T., ass. Mizamov F.O., ass. т.f.n., Shonazarov I.Sh., ass. Elmurodov G.K., ass. Axmedov R.F., dotsent Abduraxmanov F.R., ass. Sadinova Yu.S., ass. Yusupova Z.K., ass. Sadullaev M.M.lar faoliyat yuritishgan. Shu yili ass. Mizamov F.O., ass. Kurbonov N.A., ass. Elmurodov G.K., ass. Axmedov R.F. lar o‘zlarining nomzodlik va t.f.n.. dotsent Shonazarov doktorlik ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi.

Dotsent Kurbonov N.A.

  2024 yilning sentabridan kafedraga mudirligiga t.f.d., dotsent Raxmanov K.E. tayinlandi. 2024 yilning oktyabridan kafedra SamDTU ko‘ptarmoqli klinikasi bazasiga ko‘chirildi. 2025 o‘quv yili kafedra xodimlari uchun ilmiy ishlar yo‘nalishda ijobiy o‘zgarishlar bilan boshlandi. Kafedra mudiri t.f.d., dotsent Raxmanov K.E. rahbarligida uchta, t.f.d., dotsent Shonazarov rahbarligida esa 2 ta nomzodlik ishlari himoya qilindi. Kafedra xodimlari tomonidan quyidagi ilmiy ishlar chop etilgan: mahalliy maqolalar (OAK)- 48, xorijiy maqolalar (OAK)- 10, Scopus maqolalar– 6, darslik – 3, o‘quv qo‘llanma – 4, monografiya – 2, uslubiy tavsiyanoma – 2, EHM dasturi – 4, ixtiro patenti (IAP,FAP) – 3, ratsionalizatorlik taklifi – 3. Ayni vaqtda kafedrada professor Narzullaev S.I., dos. Achilov M.T., ass. PhD Mizamov F.O., t.f.d., dotsent Shonazarov I.Sh., dotsent Elmurodov G.K., dotsent Axmedov R.F., dotsent Abduraxmanov F.R., ass. Yusupova Z.K., ass. Sadullaev M.M.lar faoliyat yuritishmоqda.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Shifokorlar jamiyatda  tolaqonli barkamol yetuk shaxs sifatida e’tirof etiladi. Yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilish, sog‘lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o‘zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar DKTF xirurgiya, endoskopiya, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasining faoliyatining eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishlarni kafedra mudiri t.f.d., dotsent Raxmanov K.E. va mas’ul dotsent PhD Elmuradov G‘olibjon Karshievich muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

    Kafedrada professor-o'qituvchilar tinglovchilar bilan quyidagi ishlarni boradi:

  •  Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab tinglovchilar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
  •  Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boriladi, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida quyidagi yunalishda ma'naviy va ma'rifiy ishlar  olib borladi:  
  •  respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  •  dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida tinglovchilarga va klinik ordinator, magistratura rezidentlariga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish;
  •  tinglovchilar va klinik ordinator, magistratura rezidentlari o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish;
  •  o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda tinglovchilarning va klinik ordinator, magistratura rezidentlarining bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil tadbirlarda ishtirokini tashkil etish;



KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kafedrada xirurgiya, anesteziologiya-reanimatologiya va urologiya yo‘nalishlari bo‘yicha vrach-tinglovchilar diplomdan keyingi ta’lim doirasi o‘z malakalarini oshirishadi. Undan tashqari ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish va tiklovchi sikllarida o‘qishib lozm muttaxassiliklarga eg bo‘lishadilar. Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy malaka oshirish (UMO- 144 s), mavzuiy malaka toshirish (MMO-54, 72 soat) sikllari bo‘yicha mutasxassislar o‘zlarining malakalarini oshiradilar.

  Undan tashqari xirurgiya yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashtirish sikllari mavjud;

-umumiy xirurgiya (864 soat ixtisoslashtirish sikli, 504 soat ixtisoslikni qayta tiklash sikli);

-Firoendoskopiya (504 soat ixtisoslashtirish sikli);

-“Tez tibbiy yordam-103” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (216 soat);

-“Qon tomir xirurgiyasi” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (504 soat);

Anesteziologiya-reanimatologiya bo‘yicha:

- Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (864 soat);

- Anesteziologiya va reanimatologiya mutaxassisligi bo‘yicha tiklovchi sikli (504 soat).

Urologiya bo‘yicha:

-Endourologiya mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi ixtisoslashtirish sikli (504 soat).

  O’qitish jarayoni uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar va videoproektorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedraning elektron kutubxonasi:


  • Kutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 110 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Dars mobaynida vrach-tinglovchilar uchun mavzuga oid bemorlarni zamonaviy instrumental diagnostika jarayonlarini  qatnashishi uchun barcha shart sharoitlar mavjud.


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Professor-o‘qituvchilar tarkibi 10 kishidan iborat bo‘lib, shulardan 1 kishi 2 kishi t.f.d., dotsent, 1 kishi t.f.n., professor, 7 kishi t.f.n., dotsent. Hozirgi kunda 3 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (dotsent Abduraxmanov F.R. – doktorlik ilmiy ishi, ass. Yusupova Z.Q. – nomzodlik ilmiy ishi bo‘yicha 3 yil tayanch doktorantura, ass. Sadullaev M.M. – nomzodlik ilmiy ishi ) ilmiy faoliyati olib borishmoqda.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 5 ta darslik, 15 ta o'quv qo'llanma, 7 ta monografiya, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 100 dan ortiq maqolalar, Scopus maqolalar – 17, EHM uchun dasturlar – 15, ixtiro patenti (IAP, FAP) – 9, uslubiy tavsiyanomalar – 20, ratsionalizatorlik takliflari – 12 chop etilgan.

  O‘tgan 5 yil davomida kafedra xodimlari 15 ta xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

  Kafedrada klinik ordinatorlar va magistratura rezidentlari tahsil olishadi. Klinik ordinatorlar va magistrantlar universitet va kafedraning ilmiy yo'nalishiga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadilar.

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan chop etilgan materiallarning iqtibos darajasi va Gersh indeksi 7 nafar xodim tomonidan aniqlandi: kafedra mudiri – t.f.d., dotsent Raxmanov K.E., dots. PhD Mizamov F.O., t.f.n., dotsent Achilov M.T., t.f.d., dotsent Shonazarov I.Sh., dots. PhD Eumurodov G.K., dots. PhD Axmedov R.F. va dots. PhD Abduraxmanov F.R.

  Birgina 2025 o‘quv yilida kafedra mudiri t.f.d., dotsent Raxmanov K.E. rahbarligida 3 ilmiy izlanuvchi va t.f.d., dotsent Shonazarov I.Sh. rahbarligida 2 ilmiy izlanuvchilar o‘zlarining tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini himoya qilishdi.


ILMIY TUGARAK


  "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh ma'naviyatchilar" deb nomlangan talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun ijtimoiy-gumanitar bilimlarning dolzarb muammolari, zamonaviy tibbiyotning falsafiy, uslubiy va bioetik muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.

  Tibbiy bilimlar va faoliyatning ijtimoiy-gumanitar muammolariga, bo'limga qiziqqan barcha talabalar, to'garak a'zolarining yutuqlarini rag'batlantirgan holda, hamkorlikka chaqiradilar.

  To'garak faoliyati uchun mas'ul rahbar o'qituvchi Suyunova Kamilla Bahramovna, bugungi kunda u asosiy doktorant, shuningdek 100 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi.

  Kichik kurs sardori: F. Olimjonova, tibbiy-pedagogika fakulteti 3-bosqich talabasi, 30 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, "Biz korruptsiyaga qarshimiz" tanlovining 1-darajali diplom sohibi, rektor stipendiyasi sohibi.

  Katta kurs sardori: Valieva S., Pediatriya fakulteti 6-kurs talabasi, 42 ta ilmiy maqolaning muallifi va hammuallifi, 15 ta diplom, 20 ta sertifikat, 4 ta faxriy yorliq, 2 ta minnatdorchilik xati egasi, "rektorlik stipendiyasi" va "Islom Karimov" stipendiyalari laureati.


XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari universitet rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yunaltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirish, chet eldagi oʼquv yurtlarida dars beruvchi tadqiqotchilar va oʼqituvchilar sonini oshirish, ikkita diplom berish imkonini yaratadigan chet eldagi oliy oʼquv yurtlari bilan qoʼshma dasturlarni sonini oshirishdadir. 60 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlari, chet eldagi universitetlari va ilmiy – tadqiqot markazlari taʼlim va fan yunalishda xalqaro hamkorlikning qatnashchilarini bilan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti tenglik mohiyatidan kelib chiqqan holda aloqalarni rivojlantirmoqda. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Аmerika va MDH universitetlari bilan hamkorlik muloqotlarning rivojlanishi qoʼshma dastur va taʼlim mobilligiga asoslangan.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan cheteldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda.

  SamDTU butun dunyo taʼlim va fan markazlari, universitetlari, jamoat tashkilotlari bilan aloqa tuzishga tayyor va universitet eshiklari hamma chet eldagi abiturient, talaba, izlanuvchi va oʼqituvchilari uchun ochiq.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Urologiya kursi dotsenti F.Abduraxmonov Istambul Tibbiyot Universiteti, Qozon davlat Tibbiyot Universiteti  professor o’qituvchilar bilan birgalikda ilmiy amaliy hamkorlik doirasida uzoq va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qtnashib kelmoqda. Shuningdek, ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xalqaro nashrlarda chop etib kelinmoqda va yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  Ma’lumot uchun, professor Atesh Kadi og‘lu 2002-2009 yillarda Turkiya Androloglar jamiyati prezidenti, 2008-2012 yillarda Turkiya Urologlar uyushmasi prezidenti bo‘lgan. Hozirda Turkiya Androloglar jamiyatining faxriy prezidenti, Istanbul universiteti tibbiyot fakulteti andrologiya kafedrasi mudiri, Turkiya Urologlar uyushmasi vitse-prezidenti, Turkiya Urologiya akademiyasi koordinatori va Turkiyaning “Urologiya jurnali” bosh muharriri.


  Hamkorlik jugrofiyasi: Urologiya kursi dotsenti F.Abduraxmonov Istambul Tibbiyot Universiteti, Qozon davlat Tibbiyot Universitetiprofessor o’qituvchilar bilan birgalikda ilmiy amaliy hamkorlik doirasida uzoq va qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qtnashib kelmoqda. Shuningdek, ilmiy ishlari natijalarini nufuzli xalqaro nashrlarda chop etib kelinmoqda va yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud.