Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

DKTF terapiya,kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi

    

Agababyan Irina Rubenovna

DKTF terapiya, kardiologiya va funksional diagnostika, kardioxirurgiya kursi bilan kafedrasi mudiri t.f.n., professor

Qabul vaqti:

Dushanba-Shanba: 08:30-15:00

Tel:

+998 (93) 680 12 25

E-mail: irina.agababyan17@gmail.com
Manzil:

Samarqand sh., Аmir Temur koʼch., 18 –uy


KAFEDRA TARIXI


  DKTF ichki kasalliklar kafedrasi 1982 yilda Samarqand tibbiyot instituti №2 klinikasi bazasida tashkil topgan. Kafedra faoliyati Samarqand viloyati terapevtlari va boshqa tor soha vrachlarining ichki kasalliklar bo’yicha bilimlarini oshirishga, birlamchi ixtisoslashtirish va qayta tayyorlashga qaratilgan. O'z faoliyati davomida kafedra xodimlari 6000 dan ortiq vrach-terapevtlarni va boshqa sohashifokorlarini malakasini oshirdilar

  Vrachlar malakasini oshirish fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi birinchi kafedra mudirit.f.n., dotsent Davidyan A.A.

638479daa882e.jpg

1986-1988 yillar t.f.d., dotsent Jalolov T.M.

  Keyinchalik kafedra tibbiyot fanlari doktori, dotsent Jalolov T.M., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Adilova N.A., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Davidyan A.A., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Suvanov M.S.

63847a189dff3.jpg

1991-1996 yillar t.f.n., dotsent Suvonov M.S.

63847a77ed78e.jpg

1996-1999 yillar t.f.d., dotsent Sattorov R.R. rahbarlik qilgan.

63847a9da0a55.jpg

  Kafedra tarkibida 1994 yildan 2004 yilgacha "Funktsional diagnostika" kursi faoliyat ko'rsatdi, unga t.f.n., dotsent Valiyeva R.U. rahbarlik qildi.

  Shu yillarda kafedraning asosiy ilmiy yo’nalishlari dismetabolik poliorganopatiya muammolari va o’pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari tashxislash, klinik kechishi va davolashdagi o’ziga xoslik muammolari edi.

  Ushbu mavzular bo’yicha 4 ta nomzodlik dissertasiyasi yoqlangan; ass.Ruzanova E.S. (1995 y), ass.Aralov N.R. (1994 y), ass.Valiyeva R.U. (1995y), ass.Kurbanov A.K.(2005 y).

63847af2bb736.jpg

  1999 yildan 2017 yilgacha kafedra mudiri Tadjiyev F.S.bo’lgan.

  Tadjiyev F.S. 1983-yildan 2017 yilga qadar Samarqand tibbiyot institutida ishlab kelgan (1983-1988-yillarda ichki kasalliklar kafedrasi dotsenti, 1988-1990-yillarda SSSR Sog‘liqni saqlash vazirligi VNIIP doktoranti, 1991-1994-yillarda kafedra dotsenti. Tibbiyot fakulteti ichki kasalliklar, 1993-1995 - endokrinologiya kursi professori, 1995-1996 - fakultet terapiyasi kafedrasi professori, 1996-1997 - fakultet terapiyasi kafedrasi mudiri, 1997-1999 yy. Umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash uchun terapiya bo'limi). 1982 yilda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Eksperimental tibbiyot ilmiy-tadqiqot institutida “Allergologiya va immunologiya” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik, 1990 yilda esa “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. SSSR Sog'liqni saqlash vazirligining Ittifoq pulmonologiya ilmiy-tadqiqot instituti. Uning 140 dan ortiq ilmiy ishlari, 14 ta ratsionalizatorlik taklifi va 1 ta ixtiro muallifi.

  Adilova Nadejda Azizovna, tibbiyot fanlari nomzodi, 1982 yildan 2015 yilgacha VMOF terapiya kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan

  SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasi kardiologiya ilmiy-tadqiqot institutida SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir a’zosi Muxarlyamova N.M. rahbarligida “Ichki kasalliklar” ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. bronxial astmani davolash bo'yicha. Kafedrada malaka oshirayotgan yosh mutaxassislarga ustozlik qiladi. Bir necha bor respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda qatnashgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan

  Shuningdek, 2005 yildan 2016 yilgacha kafedrada VMOF klinik laboratoriya diagnostikasi kursi faoliyat ko'rsatdi, uni t.f.n., dotsent Xoliqov K.M. olib bordi. "Terapiya va laboratoriya diagnostikasi" kafedrasida tibbiyot fanlari doktori, prof. Tadjiev F.S., t.f.n., dotsent Adilova N.A., t.f.n., dotsent Xoliqov K.M.

63847b6e781f3.jpg

Dotsent Agababyan Irina Rubenovna

  2017 yildan hozirgi kungacha kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, professor Agababyan I.R.rahbarlik qilmoqda. Agababyan I.R. 2017 yildan kafedrada faoliyat olib bormoqda. 2019 yilda dotsent unvonini, 2023 yilda SamDTU professori,  2025 yilda esa O’zR OAK tomonidan professor unvoniga ega bo’ldi. Uning rahbarligida 5 ta PhD dissertasiyasi himoya qilindi va yana 7 ta ilmiy izlanuvchilar o’z dissertasiyasi ustida ish olib bormoqdalar.

Agababyan I.R. bir qancha davlat mukofotlari bilan taqdirlangan:

            2021 yil “O’zbekiston mustaqilligining 30 yilligi”;

            2022 yilda “O’zR Sog’liqni saqlash a’lochisi” ko’krak nishoni sohibi;

            2023 yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko’krak nishoni sohibi

  2017-2020 yy kafedra RShTTYIM SF bazasida Pediatriya fakulteti ichki kasalliklar kafedrasi qoshida DKTF ichki kasalliklar kursi tarzida faoliyat yuritdi.  2020 yildan yana DKTF ichki kasalliklar kafedrasi tarzida (SVKTTM bazasida) qayta tashkil etildi. 2022 yil may oyidan Samarqand davlat tibbiyot universiteti ilmiy kengashi qaroriga asosan kafedraning nomi DKTF Ichki kasalliklar kafedrasidan DKTF terapiya, kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasiga o’zgartirildi va tahsil oluvchi tinglovchilar kontingenti kengaytirildi.

  2024 yil 25 sentabrdagi SamDTU Ilmiy kengashi qaroriga ko’ra kafedra qoshida kardioxirurgiya kursi tashkil etildi va DKTF terapiya, kardiologiya va funksional diagnostika, kardioxirurgiya kursi bilan kafedrasi deb qayta nomlandi.

  Hozirgi kunda kafedrada t.f.n., professor Agababyan I.R. PhD, dotsent Ismoilova Yu.A., assistentlar PhD Avazova T.A., PhD Ismoilov R.M. Djabbarova N.M. va Sattorov U.A. faoliyat yuritmoqdalar. Kafedraning bazasi hozirda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy markazi  Samarqand viloyat mintaqaviy filiali binosida joylashgan.

  Kafedra Rossiya Federatsiyasi Ijevsk davlat tibbiy akademiyasi, Moskva viloyati davlat byudjeti sog'liqni saqlash muassasasi, M.F. Vladimirskiy nomidagi mintaqaviy klinik instituti (МОНИКИ), O'zbekiston Respublikasi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy markazi Samarqand viloyat mintaqaviy filiali bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boradi.


MA’NAVIY- MA’RIFIY YO’NALISHIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.


  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Ismoilov R.M. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlar o'rtasida ish olib boradi:

  - Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
  -respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;
  -tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;

  -magistr va klinik ordinatorlarga atrof-muhit va tabiatga hurmat munosabatida bo’lish har bir insonning burchi ekanligini tushuntirishga oid davra suhbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;

  - tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlaro'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;
  - dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlar ga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
  -tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlaro'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;
  - o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda tinglovchilar, magistr va klinik ordinatorlar ning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;

  -O'zbekiston Respublikasi Prezdenti SHavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga etiborni kuchaytirish, yosh a lodging madanyat, san'at, jismoniy tarbiya va sport games king jalb etish , ularni axborot texnalogiyalardan tug'ri foydalanish ko'nikmasini shakillantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini taminlash masalalariga bag'ishlangan videos elektr yig'ilishida ilgari surilgan 5 ta muhum tashabbus asosida klinik ordinatorlar va magistrlar urtasida tulaqonli tadbiq qilishni taminlash.

  -Kafedrada “Axborot va murabbiylik soatlari” ni dars jadvalida ko’rsatilgan holda yuqori saviyadao’tkazilishini ta’minlash.

  - Eng oliy jasorat manaviy jasoratdir" mavzusida davra suhbatlari o'tkazish.

  - Navro'z umumxalq bayramini tantanali nishonlash bo'yicha tinglovchilar, magistr, klinik ordinatorlar va unversitet jamoasi bilan bayram tadbirlarini o’tkazish.

  -Kafedra xodimlari universitet miqyosida o’tkaziladigan barcha ma’naviy- ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etmoqda.

“Navro’z” bayramiga bag’ishlangan  tadbirdan

Kafedrada “Axborot soati”

6ab0a9f5141a4.jpg

  Talabalar turar joyida kafedra xodimlari tomonidan o’tkazilgan tadbirlardan lavhalar


KAFEDRA O`QUV VA O`QUV-METODIK ISHLARI


  Kafedrada Diplomdan Keyingi Тa’lim fakulteti tinglovchilari «Ichki kasalliklar»  va “Kardiologiya”fani dasturi asosida tahsil olishadi.

  O’qitish  fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

  • Davlat standarti; – O’zR oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2021 yil 19     oktyabrdagi 35-2021son buyrug'i
  • "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4666-son (2020 yil 7 aprel);
  • Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to'g'risida”gi SSVning  160-son buyrug’i. (15.06.2020);
  • O’zR SSV tomonidan tasdiqlangan “Diagnostika va davolash bo’yicha  milliy klinik protokollar va standartlar”
  • Malaka oshirish va ixtisoslashtirish kurslari bo'yicha namunaviy va ishchi dasturlar: Umumiy terapiya – UMO 144 kredit, Kardiologiya – UMO 144 kredit,  Kardiologiyada funksional tashxislash usullari UMO 144 kredit,

  O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining 26.02.2018 yildagi 125-son buyrug'i. "Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini boshqarish va tashkil etishga qo'yiladigan davlat talablari".

   "Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-4310-son (06.05.2019 y)

  • Kardiorevmatologik kasalliklar – 72 soat/kredit (0,5 oy), Terapiyaning dolzarb masalalari. Pulmonologiyanig dolzarb masalalari – 54 soat/kredit, YuIK kasalligi va  arterial gipertenziya davolash kursi va xususiyatlari Gastroenterologiyaning tanlangan masalalari – 72 soat/kredit, Klinik EKG asoslari 36 soat/kreditli MMO
  • .Ichki kasalliklar - 504 kredit,  Ichki kasalliklar -864 kredit, Kardiologiya - 504 kredit,  Gastroenterologiya 504 kredit,  Terapiya va kardiologiyada funksional diagnostika - 432 kreditli ixtisoslashtirish va qayta tayyorlash kurslari

  Kafedra faoliyati vrachlarning kasbiy rivojlanishi, boshlang'ich ixtisoslashuvni olib borish, ularga yangi tadqiqot usullari va zamonaviy davolash standartlarini o'rgatishga qaratilgan.

  Ma'ruzalar kafedra mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, professor I.R.Agababyan tomonidan o'qiladi. Amaliy va seminar mashg'ulotlarini assistentlar olib boradilar.

Seminar va amaliy mashg’ulotlar

– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan: ilg'or davlatlardagi pedagogik texnologiyalarni qo'lash, ta'limda kompyuter va boshqa texnika vositalarini qo'llash, motivatsiya orqalil o'quv mahoratini rivojlantirish
– O’zR SSVning 2025 yil 23 iyundagi “DаvIat va nodavlat tibbiyot tashkilotlari uсhun milliy klinik protokollar' tashxislash va davolash standartlarini ishlab сhiqish, qayta ko'rib сhiqish hamda tibbiyot amaliyotiga joriy etish to'g'risida”gi 180-son buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan milliy klinik protokollar' tashxislash va davolash standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari  kafedrada  har xil – suhbat va keys texnologiya  grafik organayzerlar, PRESS, muammoli o’qitish usullari faol qatnashishga undaydi.


KAFEDRANING ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish bo'yicha olib borilmoqda.

 Kafedraning asosiy ilmiy yo'nalishlari: 

-Komorbid xolatlarda surunkali yurak yetishmovchiligini diagnostika va davolash xususiyatlari,   Ushbu yo’nalishdagi tasdiqlangan mavzular bo'yicha t.f.n., professor I.R.Agababyan rahbarligida  PhD dissertatsiyalari ustida ishlar olib borilmoqda: S.B.Rustamova, Sattarov U.A.
- Alkogolsiz yog’li jigar kasalligini tashxislash va davolashni optimallashtirish. Ushbu yo’nalishdagi tasdiqlangan mavzular bo'yicha t.f.n., professor I.R.Agababyan rahbarligida PhD dissertatsiyasi ustida ishlar olib borilmoqda: Djabbarova N.M. 

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitet ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 1 nafar tibbiyot fanlar nomzodi, professor - Agababyan I.R., 3 nafar xodim PhD (Avazova T.A. Ismoilova Y.A., Ismoilov R.M.) 2 nafar xodim mustaqil izlanuvchi sifatida (Djabbarova N.M., Sattarov U.A.) faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

  So'nggi 3 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 3 ta darslik, 4 ta o'quv qo'llanma, 4 ta monografiya, 10 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 80 ga yaqin maqolalar, jumladan Scopus bazasida indeksatsiyalanuvchi jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar chop ettirilgan.

  Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan monografiyalar (2024-2026y)

1.Agababyan I.R. Холелитиаз: новые возможности диагностики, лечения и диспансенризация.Samarqand 2024 y
2.Ismoilova Y.A. Surunkali yurak yetishmovchiligi bo’lgan bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatishni tashkil etishni takomillashtirish. Samarqand 2025 y
3.Agababyan I.R. Врожденные пороки сердца у пожилых. .Samarqand 2025 y
4.Avazova T.A. Фармакотерапия метаболического синдрома на основе показателей цитокиного профиля крови. .Samarqand 2025 y

  Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan darslikva o’quv qo’llanmalar (2024-2026y)

1. Rizayev J.A., Agababyan I.R., Ismoilov J.A. “Pulmonologiya asoslari”. .Samarqand 2024 y
2.Agababyan I.R. “Non-coronary heart deseases”. .Samarqand 2025 y
3.Agababyan I.R. “Umumiy aritmologiya”. Samarqand 2026 y.
4. Yuldashev S.J.,Agababyan I.R., Ismailov J.A. “Klinik farmakologoya asoslari” Samarkand 2024 y.  O’quv qo’llanma. 
5. Agababyan I.R., Ismailov J.A. “Ichki kasalliklar klinikasida klinik sindromlar” Samarqand 2024 y.  O’quv qo’llanma.
6. Agababyan I.R., Djabbarova N.M. “Nefrologiya”.  Samarqand 2025 y. O’quv qo’llanma.
7. Agababyan I.R., Ismoilova Yu.A. "Surunkali yurak yetishmovchiligi". Samarqand 2026. O’quv qo’llanma.

  Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan uslubiy qo'llanmalar (2024-2026y)

1. Agababyan I.R., Agababyan L.R. “Беременность и роды у женщин с врожденными пороками сердца”
2. Djabbarova N.M. “Revmatoidli artrit. Klinikasi, diagnostikasi va bazis davolash tamoyillari”
3. Ismoilova Y.A. “Surunkali yurak yetishmovchiligi klinikasi, diagnostikasi va bazis davolash tamoyillari”.

  Kafedra xodimlari har yili respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda faol ishtirok etib kelmoqda:


Kafedra xalqaro hamkorlik aloqalari


  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti internatsionalistik vazifalari institut rivojlanish Kontsepsiyasiga asoslanib, xalqaro taʼlim kenglikda oʼz oʼrnini mustahkamlashga yo’naltirgan. Internatsionalizatsiyaning asosiy ustunliklari chet eldan kelgan oʼquvchilarning sonini koʼpaytirish, chet davlatdagi oliy oʼquv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qoʼshma loyihalarni rivojlantirishdan iborat.

  Jumladan, 2024 yil DKTF terapiya, kardiologiya va funksional diagnostika kafedrasi tarkibida kardioxirurgiya kursi tashkil qilinib, Belarus Davlat tibbiyot universiteti bilan qoʼshma dastur asosida kardioxirurgiya yo,nalishi bo’yicha klinik ordinaturaga qabul qilinmoqda. Rezidentlar 1+1 dasturi asosida kafedramizda taxsil olishmoqda.

  Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida SamDTU-ga tashrif buyuradigan chet eldagi yuqori malakali mutaxasiss, professor, talaba va tadqiqotchilar soni oshib bormoqda. Kafedra professor o’qituvchilari ham har yili yaqin va uzoq chet el davlatlardagi turli xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib, akademik mobillik doirasida chet el oliy o’quv yurtlariga borib kelmoqdalar.

  Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedra yaqin va uzoq chet el davlatlardagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:

  • Rossiya federasiyasining Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasi:
  • Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universiteti oliy tibbiy maktabi
  • M.F. Vladimirskiy nomidagi Moskva mintaqaviy ilmiy tadqiqot klinik institute (Moskva viloyati davlat byudjeti sog'liqni saqlash muassasasi, M.F. Vladimirskiy nomidagi MONIKI).
  • Rossiya gastroenterologlar jamiyati
  • Belarus Davlat tibbiyot universiteti
  • S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston milli tibbiyot universiteti

  2025 yilda kafedra mudiri professor I.R. Agababyan Samarqand davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi bilan ishchi tashrif doirasida Immanuel Kant nomidagi Boltiq federal universitetiga tashrif buyurdi. Professor Agababyan I. R. "Yantar qirg'og'i" («Янтарьный берег») xalqaro konferensiyasida ma'ruza qildi

  2026 yil may oyida prof.Agababyan I.R. akademik mobillik doirasida S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozog’iston milli tibbiyot universitetiga tashrif buyurib, amaliy va nazariy darslar ilob bordi. Shuningdek, Olma-ota shaxrida bo’lib o’tgan “ANaMed-Forum” xalqaro forumida ishtirok etib qaytdi.

6ab0ad5c72a9c.jpg