Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar universitet davolash fakulteti dekani Lutfullaev G.U tomonidan tasdiqlangan –Yo'l xaritasi asosida olib boriladi. O‘quv yili davomida har haftaning 4 yoki 5 ish kunlarida kafedraning mas’ul assistenti G'ozibekov J.I., kafedra xodimlari va studentlar ishtirokida yo‘riqnoma asosida ma’naviyat soatlari uzluksiz olib boriladi va bayonnomalarda qayd etiladi.

  Studentlar ishtirokida o‘quv tarbiyaviy ishlar. Samarqand Davlat Tibbiyot universiteti rektorining tegishli sonli buyrugi ijrosini taminlash maqsadida har o’quv yilining boshida 1-son xirurgik kasalliklar va transplantologiya kafedrasi assistentlariga Ustoz – shogird tizimi asosida davolash fakultetining V-kurs talabalari murabbiy etib taqsimlanadi. Murabbiy etib tayinlangan o’qituvchilar o’quv yili davomida o’z guruhlari bilan muntazam uchrashib tadbirlar o’tkazishadi.

6a86893093507.jpg

  Universitetimiz ma’rifat va ma’naviyat bo‘limi rejasi asosida kafedramiz xodimlari talabalar uyida kechki navbatchilikda turib, talabalar orasida tartib intizom, odob- axloq, vrachlik kasbi to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazdi.

  Siyosiy va xuquqiy bilim va madaniyatini shakllantirish bo’yicha olib borilgan ishlar: Universitet ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan taqdim qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni», «Korrupsiyaga qarshi kurash», odob-axloq qoidalari va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, taqdimotlar o’tkazildi, ularning mazmun mohiyati xaqida batafsil tushuncha berildi.

6a868979e291d.jpg

  Sog’lom turmush va jismoniy madaniyatni shakllantirish buyicha tashkilotlarda olib borilgan ishlar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan 2023 yil 18.03.2023 kuni o‘tqazgan “Ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha, shuningdek 2023 yil 1 apreldagi PQ-188-son qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha Samarqand davlat Tibbiyot universiteti rektorining 2023 yil 18 apreldagi №207/AF-sonli buyrug‘ining 2- ilovada nazarda tutilgan vazifalar va chora-tadbirlarning bajarilishi yuzasidan «1-son xirurgik kasalliklar va transplantologiya» kafedrasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatining Katta-qo’rg’on shahar va Qo’shrabod tumanlari tibbiyot birlashmasiga otaliq yordamini ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqilgan “YO‘L XARITASI” asosida amaliy ishlar olib borildi. Shuningdek Qo’shrabod tumanining tibbiyot birlashmasini xirurgiya va reanimatsiya bo’limida davolanayotgan bemorlar borib ko’rilib konsultativ yordam ko’rsatildi va sog’lom turmush tarzi bo’yicha tavsiyalar berildi. Bugungi kunga qadar kafedra xodimlari tumanning Jo’sh MFY aholisining salomatligi bilan bog’liq muammolarini echimini topishda yaqindan yordam berib kelmoqda.