Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O'zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.
Xozirgi kunda kafedrada 18 nafar ilmiy pedagogik xodimlar, shulardan 1 nafar professor (Kurbaniyazov Z.B.), 2 nafar dotsent (Arziev I.A., Mardonov B.A.), 12 nafar assistent va 4 nafar doktorant, 6 nafar mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat kursatadilar. Xodimlardan 3 nafar DSc (Kurbaniyazov Z.B., Zayniyev A.F., Sayinayev F.K.) va 8 nafari PhD (Arziev I.A., Mardonov B.A., Saidmurodov K.B., Baratov M.B., G’ozibekov J.I., Usarov Sh.N., Anarbayev S.A., Mamanov M.Ch.) ilmiy darajasiga ega. Kafedrada ilmiy darajalilar 63% tashkil qiladi.
Soʼnggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 220 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, shu qatori Nagoya J. Med. Sci., British Journal of Science, Education and Culture, Medical and Health Science Journal, Shpitalnaya xirurgiya kabi xorijiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Kafedra xodimlari tomonidan 8 ta patent (3 ta IAP va 5 ta FAP) va 36 ta dastur (DGU) olindi.
Kafedraning ilmiy yo’nalishlari gepatobiliar va me`da-ichak trakti rekonstruktiv xirurgiyasi, endokrin xirurgiya, xirurgik gerniologiya va h.k. Hozirgi vaqtda 2 doktorlik va 11 nomzodlik dissertatsiyalari ustida ilmiy izlanishlar davom etmoqda. Ilmiy ishlar klinika bazasidagi diagnostika va davolash ishlarida qo`llanilayotgan hozirgi zamon yuqori texnologiyali uskunalar yordamida olingan natijalar asosida olib borilmoqda.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan darsliklar
№ | Mualliflar | Ixtisoslik s’hifri va nomi | Nomi | Guvohnoma raqami va sanasi |
1 | Xamdamov B.Z., Davlatov S.S., Arziev I.A. | 5510700-oliy hamshiralik ishi | Xirurgiyada hamshiralik ishi | № 233-1269 |
2 | Davlatov S.S., Xamdamov B.Z., Kurbaniyazov Z.B., Raxmanov K.E., | 5510700-oliy hams’hiralik is’hi | Медсестринство в хирургии | № 233-1255 |
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o’quv qo’llanmalar
№ | Mualliflar | Ixtisoslik s’hifri va nomi | Nomi | Guvohnoma raqami va sanasi |
1 | Z.B.Kurbaniyazov, K.E.Raxmanov, B.A.Mardonov, S.S. Davlatov | 5A510112-xirurgiya | Thoracic, cardiovascular and yedocrine surgery | №233-1177, 19.06.2022 |
2 | Z.B.Kurbaniyazov, K.E.Raxmanov, B.A.Mardonov, S.S.Davlatov | 5A510112-xirurgiya | Abdominal surgery | №233-1176, 19.06.2022 |
Ulashish