Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Kafedrada 4,5 kurs davolash fakulteti va 4,5,6 kurs Xalqaro ta’lim fakulteti talabalari xirurgik kasalliklar fani dasturi asosida taxsil olishadi. O‘quv jarayoni kredit-modul tizimi va kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etilgan bo‘lib, nazariy bilim bilan amaliy ko‘nikmalarni uzviy bog‘lashga qaratilgan.

Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan. Magistrant va klinik ordinatorlar amaliy mashg’ulotlar, konsilium va ilmiy-uslubiy seminarlarda faol ishtirok etib, kafedra professor-o’qituvchilari rahbarligida individual ish rejalari asosida tayyorgarlikdan o’tadilar. Ularning bilim va ko’nikmalari bosqichma-bosqich nazorat qilinadi, ilmiy izlanishlari kafedraning ustuvor yo’nalishlariga muvofiq tashkil etiladi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Fan bo’yicha reyting-baholash tizimi va nazorat mezonlari;
Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys-texnologiya, loyiha usuli, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, muammoli ta’lim va simulyatsion mashg’ulotlar).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud. Bundan tashqari, kafedrada masofaviy ta’lim platformasi orqali o’quv-uslubiy materiallar, video-ma’ruzalar va nazorat testlari talabalarga onlayn tarzda taqdim etiladi, bu esa auditoriyadan tashqari mustaqil ta’lim olish imkoniyatini kengaytiradi.
Amaliy ko’nikmalarni mustahkamlash maqsadida simulyatsion mashg’ulotlar, fantomlar va trenajyorlardan foydalanilib, talabalar xavfsiz sharoitda amaliy ko’nikmalarni bosqichma-bosqich egallaydilar. Har bir mavzu bo’yicha nazorat va yakuniy baholash oldindan ishlab chiqilgan mezonlar asosida obyektiv tarzda o’tkaziladi.


Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 100 ga yaqin o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darsliklar, ma’jmualar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
- Talabalar va o’qituvchilar xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalari (PubMed, Scopus va boshqa ochiq ilmiy resurslar) dan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lib, bu ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy manbalar asosida yuritishga ko’maklashadi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni xirurgiya bo’limida, muolaja va operatsion xonalarida ko’rish tashkil etilgan bo’lib, amaliyot davomida ular tajribali professor-o’qituvchilar nazorati ostida bemorlarni kuratsiya qiladilar, kunlik vizitlarda, konsiliumlarda va klinik muhokamalarda faol ishtirok etadilar. Ushbu amaliy mashg’ulotlar talabalarda klinik fikrlash, jamoada ishlash va bemor bilan muloqot ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.