Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Ayni paytda kafedrada o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi fanlardan o‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlari olib borilmoqda:
1. Sud tibbiyoti – 4 kredit,
2. Vrach faoliyatining xuquqiy asoslari – 1,5 kredit
3. Sog‘liqni saqlash etikasi. Hamshiralik ishida kommunikatsiya. Tibbiy faoliyatning xuquqiy asoslari - 6 kredit
O‘quv-laboratoriya mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkil etish va samaradorligini oshirish yuzasidan ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar ma’lumotlari fanlarga tegishli zamonaviy o‘quv adabiyotlari, ekspertlik amaliyoti kuzatuvlari hamda moodel sammi.uz elektron o‘qitish platformasi materiallarida keng foydalanilgan holda, an’anaviy tarzdagi mashgulotlarda RSTEIAM Samarqand filiali bo‘limlari imkoniyatlaridan keng foydalanilgan holda o‘tkaziladi.
Ma’ruzalar ma’lumotlari yukori sifatli prezentatsiyalar bilan elektron o‘quv platformaga joylashtirilgan va ovozli rejimda yozilib joylashtirilgan.
Fan dasturlarida belgilangan amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha kafedrada o‘quv-uslubiy tavsiyanomalar majmuasi ishlab chiqilgan, ularning barchasi o‘quv-laboratoriya xonalari hamda o‘quv baza bo‘limlarida namoyish etilgan holda o‘zlashtiriladi. Onlayn darslari uchun esa barcha amaliy ko‘nikmalar ovozli rejimda tayyorlanib o‘quv platformani tarkibiga joylashtirilgan. Ko‘nikmalarni qadamma-qadam bajarish metodologiyasi xam yaratilgan.
Talabalar bilimini baholash amaldagi «Nizom» ga muvofiq joriy baholash (JB) va yakuniy baholash (YAB) tarzda amalga oshiriladi. JB va YAB og‘zaki so‘rov, test savollarini va vaziyatli masalalarni echish xamda amaliy ko‘nikmalarni bajarish orqali o‘tkaziladi. Talabalarni darslarga qatnashishi ustidan qattiq nazorat va doimiy monitorng o‘rnatilgan, shunga ko‘ra davomat ko‘rsatgichi 99,6%-99,8% ni, o‘zlashtirish esa 98-99% ni tashkil etadi.
O‘quv jarayoni tegishli malakaviy talablar, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari, fan dasturlari hamda tasdiqlangan ishchi o‘quv dasturlari asosida tashkil etilgan.
Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik va ta’lim texnologiyalaridan, jumladan, grafik organayzerlar, keys-stadi texnologiyasi, loyiha usuli, multimedia vositalari hamda interaktiv o‘qitish usullaridan foydalaniladi. Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, sog‘liqni saqlash tizimining tegishli buyruqlari, tasdiqlangan tashxis va davolash standartlari hamda xalqaro tavsiyalar inobatga olinadi.
O‘qitish jarayonining texnik ta’minoti doirasida mavzularga oid videofilmlar, elektron prezentatsiyalar, multimedia dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan elektron o‘quv materiallaridan foydalaniladi. O‘quv dasturlarining barcha bo‘limlarini qamrab oluvchi, o‘quv mashg‘ulotlarini unifikatsiyalash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi elektron va skanerlangan tasvirlar banki shakllantirilgan.