Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyati zamonaviy tibbiyot va sud tibbiyoti sohasida mavjud muammolarni ilmiy asosda o‘rganish, ularning yechimini ishlab chiqish, tibbiy-huquqiy bilimlarni takomillashtirish, tibbiy yordam sifati va xavfsizligini oshirish, shuningdek, bo‘lajak tibbiyot mutaxassislarining ilmiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan.

  Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarida sud tibbiyoti, vrach faoliyatining huquqiy asoslari, tibbiy etika va deontologiya, bioetika, tibbiy huquq, jarohatlarning sud-tibbiy xususiyatlari, inson hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni baholash, tibbiy faoliyatda huquqiy munosabatlarni takomillashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi.

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatida ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari kafedra va universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib, ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, maqolalar tayyorlash, konferensiyalarda ishtirok etish, ilmiy-uslubiy materiallar ishlab chiqish va yosh tadqiqotchilarga ilmiy-metodik ko‘mak berish ishlarini olib bormoqda.

  Hozirgi kunda kafedraning 9 nafar xodimi mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Jumladan: DSc ilmiy darajasi bo‘yicha: Boymanov F.F.; Shoyimov Sh.U.; Davranova A.E. PhD ilmiy darajasi bo‘yicha: Qo‘shboqov A.M.; G‘aniyev S.N.; Qo‘shnazarov R.S.; Axmadov M.A.; Karimov J.Sh.; Xolboyev F.A.

  Mustaqil izlanuvchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar kafedraning ilmiy yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularda zamonaviy sud-tibbiy diagnostika, jarohatlarning morfologik va funksional xususiyatlari, tibbiy-huquqiy munosabatlar, tibbiy faoliyatdagi huquqiy muammolar hamda inson hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni ob’ektiv baholash masalalari qamrab olinadi.

 Ilmiy ishlar va nashr faoliyati

  Kafedra xodimlarining ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari muntazam ravishda ilmiy jurnallar, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlarida e’lon qilib borilmoqda.

  So‘nggi 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar nashr etilgan. Jumladan: 8 ta Scopus bazasida indekslanuvchi ilmiy maqola; 1 ta darslik; 3 ta o‘quv qo‘llanma; 7 ta monografiya; 11 ta elektron o‘quv-uslubiy dastur; yetakchi respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda 150 dan ortiq ilmiy maqola.

  Ilmiy maqolalarda kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari, sud-tibbiy ekspertiza amaliyotidagi dolzarb masalalar, turli xil mexanik jarohatlarning morfologik va klinik xususiyatlari, tibbiy-huquqiy munosabatlar, vrachning kasbiy mas’uliyati, tibbiy etika va deontologiya masalalari yoritilgan.

  Kafedra xodimlarining ilmiy natijalari respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarda taqdim etilib, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

  Kafedra xodimlari tomonidan tayyorlangan monografiya va o‘quv qo‘llanmalar

  Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan sud tibbiyoti va tibbiy ta’limning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan qator monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalar tayyorlangan. Ushbu ilmiy-uslubiy nashrlar talabalar, magistrantlar, klinik ordinatorlar, mustaqil izlanuvchilar, vrachlar va sud-tibbiy ekspertlar uchun nazariy hamda amaliy manba sifatida xizmat qiladi.

MuallifMonografiya va o‘quv qo‘llanma nomi
1Boymanov F.X.«Tig‘ o‘lchami turlicha bo‘lgan pichoqlar bilan yetkazilgan jarohatlarning sud-tibbiy jihatlari»
2Yakubov M.Z.«Трансформатсия эпителия артифитсиалного влагалища»
3Davranova A.Э.«Ko‘z olmasi va uning qo‘shimcha tuzilmalari o‘tmas vositalar ta’sirida shikastlanishining sud-tibbiy jihatlari»
4Boymanov F.X.«Chaqaloqlar antenatal o‘limining sud-tibbiy tanatogenezini baholash»
5Boymanov F.X.«Murdalar sud-tibbiy ekspertizasi»

  Mazkur nashrlarda sud-tibbiy ekspertiza nazariyasi va amaliyotining muhim masalalari, jarohatlarning kelib chiqish mexanizmi, morfologik xususiyatlari, tanatogenez jarayonlari, jarohatlarni sud-tibbiy baholash mezonlari hamda ekspertlik tekshiruvlarini o‘tkazishning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan.

  Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalaridan ta’lim jarayonida ham keng foydalaniladi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar mazmuniga kiritilib, talabalarga zamonaviy sud-tibbiy diagnostika usullari, jarohatlarning morfologik xususiyatlari, tibbiy-huquqiy masalalar va kasbiy deontologiya bo‘yicha amaliy misollar asosida tushuntiriladi.

  Bu esa talabalarda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy fikrlash, dalillarga asoslangan yondashuvdan foydalanish, sud-tibbiy holatlarni tahlil qilish va mustaqil xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.