Kafedra mintaqa va qo‘shni viloyatlarning sud-tibbiy xizmati uchun klinik ordinatura va magistratura orqali o‘qitish maktabidir. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati o‘z faoliyatini faol olib bormoqda. So‘nggi yillarda to‘garak a’zolari turli to‘plamlarda 60 dan ortiq maqolalarini nashr etishdi, ularning ishtirokida muntazam ravishda tematik konferentsiyalar va seminarlar o‘tkazilmoqda. To‘garak a’zolaridan ikkitasi Sud tibbiyoti bo‘yicha respublika fan olimpiadasi g‘olibi bo‘ldi. Aynan to‘garak faollari orasida nomzodlar klinik ordinaturaga, magistraturaga, aspiranturaga, keyinchalik kafedra assistenti lavozimiga tanlanadi.
2022-yil iyul oyidan Sud tibbiyoti kafedrasini assistent Yakubov Munis Zakirovich boshqarib kelmoqda.
Sud tibbiyoti kafedrasi o‘kituvchilari o‘quv yili boshida o‘zlariga biriktirilgan iqtidorli talablar bilan muntazzam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda doim ustoz-shogird prinsipiga asoslangan tarzda o‘z faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Respublika, MDX miqyosida va xorijda o‘tkaziladigan turli xil ilmiy-amaliy konferensiyalarga tezis va maqolalar tayyorlab yuborishda xamda o‘z pedogogik mahoratidan foydalangan xolda ish olib borishmokda. Kafedra xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan prezentatsiyalar va shu mavzu bo‘yicha tirik shaxslar, o‘lik tana va biologik xususiyatli ashyoviy dalillar tekshiruvi faol yo‘lga qo‘yilgan.Har biro‘qituvchiga talabalar biriktirilgan, xar oy bir oylik o‘tkaziladigan to‘garak mavzulari tayyorlanadiva xar bir o‘tkazilganmavzu bo‘yicha rasmli bayonnomalar mavjud.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan tashkil etilgan“Samarkand -2020” Xalkaro talabalar olimpiadasida bizning talabalar xam faol ishtirok etishdi vakator urin diplomlar, nominatsiya va sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.
- Oflayin ishtirokchilar: Saydullaev Maxmud-2 davolash 615 gurux I -o‘rin, Gaffarova O‘g‘iloy-2 davolash 413 gurux II -o‘rin, Bo‘ltakova Sevinch-2 davolash 413 gurux II -o‘rin, Raxmanova Moxigul 1 davolash 609 gurux III -o‘rin, Xodjamkulova Komila 1 davolash 413 gurux III -o‘rin
- Onlayin ishtirokchilar: Ramachandran Nair MD-412 gurux I-o‘rin, Egamberdieva Dilso‘z 2 davolash 430 gurux I -o‘rin, Xayrullaev Po‘latjon 2 davolash 426 gurux I -o‘rin oldi


Kafedra xodimlari ko‘plab nufuzli anjumanlarda - kongresslar, xalqaro, respublika konferensiyalarida ma’ruza qilganlar. Hozirgi kunda kafedra xodimlari o‘zining taniqli olimlari va ustozlarining an’analarini saqlab kelmoqda va qo‘llab-quvvatlamoqda, ilmiy yutuqlarni sud amaliyotiga joriy etishda, malakali kadrlar tayyorlashda davom etmoqda va sud tibbiyoti va tibbiyot huquqining muammoli mavzularini ishlab chiqishda o‘zining ulkan hissasini qo‘shmoqda.
SamDTU sud tibbiyoti kafedrasi T.I.J a`zolari TTA hamda Abu ali Ibni Sino nomidagi Tojikistontibbiyot universiteti sud tibbiyoti va tibbiyot huquqi kafedrasi o`qituvchilari va talabalari hamkorligida onlayn integratsiyalashgan yig‘ilish o`kazildi (zoom orqali). Konferensiyada “To‘satdan o‘lim holatlarida sud tibiy tekshiruv masalalari” muammoning chastotasi, strukturasi, a’zolardagi morfologk o‘zgarishlar masalalari muhokama qilindi:
Konferensiya so`ngida talabalar va ularning ustozlari tomonidan qiziqarli savol-javoblar bo`lib o`tdi. Konferensiyada faol qatnashgan 6 nafar ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandi.
Ilmiy salohiyat 83% ni tashkil etadi. Pedagog - o‘qituvchilarining ko‘pchiligi mazkur kafedrada o‘z faoliyatni stajer-o‘qituvchilikdan bolagan yoki magistraturada tahsil olgan va hozirda ilmiy darajali xodimlar xisoblanadi.
Kafedra pedagog - o‘qituvchilari o‘quv-tarbiyaviy faoliyat bilan birgalikda ekspertlik amaliyoti ishlarini o‘rindoshlik yoki navbatchilik asosida olib boradilar. Amaliyotda ortirilgan ko‘nikma va tajribalar o‘quv jarayonida talaba yoshlarga namoyish etiladi va o‘rgatiladi.