Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasida "Salomatlik marafoni" doirasida «Tibbiyot novatorlari” dasturi ishtirokchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda TDTU bolalar ko‘p tarmoqli klinikasi mutaxassisi B.Turayev, TDTU gospital ortopedik stomatologiya kafedrasi dotsenti R.Rashidov, Kimyo University Hospital marketing bo‘limi boshlig‘i Sh.Rasulov, TDTU ortopedik stomatologiya propedevtikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Rafiqov hamda SamDTU Urologiya kafedrasi mudiri, dotsent D.Abduraxmanovlar ishtirok etib, maʼruza qildilar.
Suhbat davomida yosh shifokorlar, talabalar va klinik ordinatorlar tibbiyot sohasidagi global tendensiyalar, kelajakda sohani transformatsiya qilish yo‘nalishlari va rivojlangan mamlakatlar tajribasini O‘zbekiston amaliyotiga tatbiq etish mumkin bo‘lgan mexanizmlar haqida batafsil ma’lumot oldilar.
Tadbir ishtirokchilari tibbiyot sohasida yuz berayotgan o‘zgarishlar va amalga oshirilayotgan innovatsion islohotlar yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar. Bunday uchrashuvlar yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish va milliy tibbiyotning yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.




SamDTU Matbuot xizmati