×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Biologik kimyo kafedrasi qoshidagi “Yosh bioximiklar” talabalar ilmiy to’garagining 2024- 2025 o‘quv yilida 43 nafar bakalavriat talabalari a’zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o‘tkaziladigan to‘garak yig‘ilishlarida faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba o‘z yunalishi bo‘yicha kafedra o‘qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an’analariga muvofiq ilmiy izlanishlarni olib bormoqda.

  Talabalar ilmiy jamiyatiga  yig‘ilishlar haftaning har shanba kunlari o‘tkazilib borildi. Ilmiy to‘garakka azo talabalarga ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to‘plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig‘ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to‘g‘risida master-klasslar o‘tkazildi.

  Biologik kimyo kafedrasi o‘kituvchilari o‘quv yili boshida o‘zlariga biriktirilgan iqtidorli talablar bilan muntazzam ravishda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda doim ustoz-shogird prinsipiga asoslangan tarzda o‘z faoliyatlarini yuritib bormoqdalar. Respublika, MDX miqyosida va xorijda o‘tkaziladigan turli xil ilmiy-amaliy konferensiyalarga tezis va maqolalar tayyorlab yuborishda xamda uz pedogogik mahoratidan foydalangan xolda ish olib borishmokda. Kafedra xodimlari tomonidan turakda  o‘tkazilayotgan prezentatsiyalar va shu mavzu buyicha bemorlani kuratsiyasi va  davolash prinsiplarini tushuntirish  faol yo‘lga ko‘yilgan .  Xar bir  o‘kituvchiga bittadan talaba biriktirilgan, xar oy bir oylik o‘tkaziladigan to‘garak mavzulari tayyorlanadi, va xar bir utkazilgan  mavzu buyicha rasmli bayonnomalar rasmiylashtiriladi.

  Kafedraning  talabalar ilmiy jamiyati a’zolari 2024 yil 16-17 dekabr kunlari universitetimizda o‘tkazilgan Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalarining xalqaro “Samarqand-2020” olimpiadasida  20 nafar  talaba faol ishtirok etib, umumiy yakunda 5 ta I o‘rin, 6 ta II o‘rin va 9 ta III o‘rinli diplomlar bilan, qolgan talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. 

  Kafedramizning « talabalar ilmiy jamiyati a’zolari 2025 yil 15-16- may kunlari universitetimizda tashkillashtirilgan “Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari va yosh olimlarining 79-Halqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi”da faol qatnashdilar, jumladan konferensiya ilmiy ishlari to‘plamida 25 nafar talabalarimizning 30ta ilmiy ishlari chop etildi, konferensiya  dasturida TIJ ning 16  nafar talabalar doklad bilan chiqishdi va   konferensiya yakunda 4 ta I darajali, 5 ta II darajali va 7 ta III darajali diplomlarga sazovor bo‘lishdi