Kafedrada I kurs oliy hamshiralik ishi, II kurslar: davolash, pediatriya, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, stomatologiya, xalq tabobati fakultetlari, III kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Biologik kimyo” fani, IV kurs tibbiy biologiya fakulteti talabaralari “Tibbiy biokimyo” fani dasturi asosida tahsil oladi.
Kafedrada xalqaro qo`shma dastur davolash fakulteti va pediatriya fakultetlari II kurs talabalari “Биохимия” va “Клинические аспекты по биохимии” fani dasturi asosida tahsil oladi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Kafedrada zamonaviy talablarga javob beradigan telekommunikatsion o‘quv tizimi tashkil etilgan bo‘lib, bu tizim orqali mavzuga oid videomateriallar, taqdimotlar (prezentatsiyalar), multimediya dasturlari, ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar maxsus markaziy kompyuterga ulangan televizor monitorlari yordamida talabalarga namoyish etiladi. Ushbu uslub dars jarayonining interaktivligini oshirish, o‘quv materiallarini vizual tarzda tushuntirish va talabalarda mavzuni yaxshiroq anglash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘quv dasturiga asosan ishlab chiqilgan, unifikatsiyalangan (yagona) o‘qitish tizimi mavjud bo‘lib, bu tizim barcha bo‘lim va mavzularni qamrab olgan tasvirlar, grafik ma’lumotlar hamda tahliliy materiallarning yagona elektron bankiga asoslangan. Ushbu vizual axborotlar bazasi o‘quv jarayonini tizimli va uzluksiz tashkil etish imkonini beradi, shuningdek, talabalarni mustaqil o‘rganishga rag‘batlantiradi.
Qo‘shimcha ravishda, mobil ilova dasturi yaratilgan bo’lib https://play.google.com/store/apps/details?id=com.... mazkur tizim doirasida masofaviy ta’lim imkoniyatlari ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talabalarga ma’ruzalar va amaliy topshiriqlarni onlayn tarzda ko‘rib chiqish, test topshiriqlarini bajarish va elektron forumlar orqali fikr almashish imkonini yaratadi. Bu esa o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida interaktiv aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 60 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid loboratoriya ishlari biokimyovi analizatorda bajarish yo’lga qo’yilgan
Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.
Biologik kimyo kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:
- Laboratoriya mashg‘ulotlari Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy laboratoriya jihozlari va analizatorlar yordamida olib borilib, talabalar real tajribalar asosida biokimyoviy tahlillarni o‘rganadilar.
- Referatlar yozish Talabalar fan mavzulari bo‘yicha internetdagi ilmiy manbalardan foydalangan holda referatlar tayyorlab, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
- Tablitsalar tayyorlash Yangi mavzular yuzasidan internet ma’lumotlari asosida jadval va sxemalar tuzilib, nazariy bilimlar vizual tarzda mustahkamlanadi.
- Interaktiv o‘yinlar Mavzularga oid viktorina, test va interaktiv savol-javob o‘yinlari tuzilib, dars jarayonining samaradorligi oshiriladi.
- Krossvordlar tuzish Termin va atamalarni mustahkamlash uchun mavzuga oid krossvordlar ishlab chiqiladi, bu esa mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi.
Treninglar tashkil etish Muammoli vaziyatlar asosida tashkil etilgan treninglar orqali talabalar guruhda ishlash, tahlil qilish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallaydilar.