Samarqand Davlat tibbiyot universiteti hozirgi kunda o‘zining internatsionalistik vazifalari ko‘lamida juda ko‘plab ishlarni olib bormoqda. Xususan, Internatsionalistik vazifalar universitet rivojlanishi konsepsiyasiga asoslanib xalqaro ta’limda o‘z o‘rnini mustaxkamlashga yo‘naltirilgan. Bu vazifalar asosida chet ellik talablar sonini oshirish, boshqa chet el oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan qo‘shma loyihalarni rivojlantirish shu o‘rinda chet ellik o‘qituvchilar sonini ham oshirish, ikkita diplomlik oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish, bakalavriat va magistratura ordinaturada ta’lim olayotgan talabalarga stajirovka uchun chet el oliy o‘quv yurtlari bilan aloqani kuchaytirish kabi bir qator dasturlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda universitet kesimidagi chet el bilan aloqani mustahkamlashga qaratilgan ko‘pgina loyihalarda biologik kimyo kafedrasi ham faol qatnashib kelmoqda. Xususan, Yevropa, Osiyo, MDH davlatlari universitetlari bilan birgalikda tenglik huquqi asosida qo‘shma dasturlar va akademik mobillik guruhlari tashkil etilgan va o‘z faoliyatini olib bormoqda. Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetida imzolangan memorandumga asosan, universitetda ilim fan va innovatsiyalarni rivojlantirish sohasida qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish xalqaro ilmiy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida har oyda biologik kimyo kafedrasida davra suxbati, vebbinarlar tashkil etiladi. Rossiya Ijevskiy tibbiyot akademiyasi tibbiyot fanlari dotsenti O.G.Gileva, S.S. Deev G.Naumova va boshqalar tomonidan davra suxbati va vebbinarlar o‘tkazildi.
Har yili universitet kesimida ko‘plab fan olimpiyadalari ilmiy anjumanlar mahorot darslari turli fakultetlar hamkorligida tashkil etilmoqda. Xususan 2023-2024 o‘quv yilida dekabr oyida “Samarqand -2024'' xalqaro olimpiyadasi o‘tkazildi va bunda univerisitet jamosi bilan birgalikda kafedra xodimlari ham qatnashdi. Xalqaro olimpiyadaning labaratoriyaga oid savoli aynan kafedra o‘qituvchilari tomonidan baholandi. Quyida olimpiyadadan foto lavhalar joylangan.
Bundan tashqari Xalqaro vebbinar va akademik mobillik tashkil etilgan. Xalqaro universitet o‘qituvchilari tomonidan talabalarga va kafedra o‘qituvchilariga darslar tashkil etilgan. Bu Boshqa xalqaro oliy o‘quv yurtlari bilan aloqani yanada oshirishga yordam beradi.
Xalqaro vebbinar San-Peterburg agrar universiteti professor o‘qituvchisi S.V.Turitsin ishtirokida bir necha marotaba vebbinar tashkil etildi. Bundan tashqari San-Peterburg pediateriya va boshqa bir nechta oliygohlarga kafedramiz mudri boshchiligidagi guruh borib hamkorlik ko‘lamini yanada oshirib qaytishdi. Qolaversa Ijevskiy, Qozog‘iston Chimkent Tibbiyot universitetlari, ostona universiteti, Ahmad-Yassaviy nomidagi Tibbiyot universiteti bilan ham hozirda aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Kelajakda bu xalaro aloqalarni yanada oshirish uchun hozirdan harakat qilinmoqda.
Hamkorlik jugrofiyasi: Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlardagi 10 ta dan ortiq oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va hamkorlik muloqatlari mavjud:
Evropa mamlakatlaridagi hamkasblar:
San-perterburg pediateriya insituti
I.I. Mechnikov nimidagi tibbiyot universiteti
Qozog‘iston Davlat Tibbiyot universiteti
Rossiya Ijevskiy tibbiyot akademiyasi
Malaysia Nottingham universiteti

Ulashish