×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  1.Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar: Bu bo‘limda kafedramiz o‘qituvchilari Universitet tomonidan belgilangan kunlarida 1-son talabalar turar joyida navbatchilik ishlarini bajarib kelmoqda.

  2. Shaxsning maʼnaviy kamolotini yuksaltirish. Har hafta seshanba va juma oralig‘ida kafedrada talabalar bilan birgalikda ma’naviyat soati o‘tkaziladi.

  3. Diniy bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish. 16-noyabr – Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan talabalarni diniy mutassablikdan saqlash maqsadida dinlar va mazhablararo bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish borasida kafedramizda maʼnaviyat darslari o‘tkazildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyat vakilligi bilan hamkorlikda «Millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik va uning ahamiyati” mavzusida uyushtirilgan yig‘ilishlarda universitetimiz va kafedramiz xodimlari faol ishtirok etib keladi.

  4. Siyosiy-huquqiy bilim va madaniyatni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning nashr qilingan kitoblari, gazetadagi nutqlari, vazirlar mahkamasi qarorlari va oliy majlis sessiyalari materiallari qabul qilingan qonun va farmonlarining barchasini kafedraning har payshanba o‘tkaziladigan maʼnaviyat darsida o‘qituvchi va talabalarga o‘qib eshittiriladi. Kafedramizda maʼnaviy-ahloqiy bilim berishdan tashqari, ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish ham amalga oshirilib boriladi.

  5. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish. Mafkuraviy immunitet va g‘oyaviy kurashchanlikni shakllantirish bo‘yicha talabalar o‘rtasida diniy mutassiblik, eksterimistik, terroristik tashkilotlar g‘oyaviy tahdidlarning oldini olish maqsadida « Diniy eksterimizm – tinchlik va taraqqiyot dushmani”, «Maʼrifiy islom – aqidaparastlikni qoralaydi” mavzularida kafedramiz o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida seminar- treninglar tashkil etildi.

  6. Milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavalludini nishonlash. Milliy qadriyatlar va anʼanalar, ajdodlarimizning boy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha «Maʼnaviyat soatlari” uchun mavzular va kerakli materiallar tayyorlanadi. 8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayramida maʼnaviyat soatlari o‘tkaziladi. A.Navoiy va Z.M.Bobur bobolarimizning tavallud kunlariga bag‘ishlangan maʼnaviyat soatlarini Universtitetimizning rahbarlari ishtirokida, ularni o‘z davrida qanday ishlar qilganliklari haqida maʼruza qildi.

  14-yanvar, Vatan himoyachilari’’ kuni bilan bizning kafedramiz a’zolari Q.T.Sovetov, M.U.Djalilovlar Samarqand shahridagi ,,Kichik serjantlarni tayyorlash’’ maktabiga borishdi. Yig‘ilishda harbiy vrach podpolkovnik A.Jumayev, A.Urozaliyev, A.Norqulov. Serjantlardan X.Ulmasov, D.Davronova va M.Tolibovlar ishtirok etishdi.

  Kafedramiz a’zolari 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab 1-son TTJda ma’naviy tadbir o‘tkazdik. Tadbirimiz kafedra mudiri dot.Xalikov Q.M va kafedra a’zolari dots.Nurboyev H.I va ass.Keldiyorova Sh.X lar va barcha kafedra xodimlari ishtirokida tashkil etildi. Tadbirda qatnashgan talabalarga tarixiy-badiiy asarlar sovg‘a qilindi.

  Shuningdek, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 1-son TTJ da “Kitob bilan uyg‘oqdir tafakkur” mavzusida tadbir tashkil etilib, tadbirda qatnashgan talabalarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi. 

  Samarqand viloyati hokimligi va universitetimiz rahbari J.A.Rizayev topshirig‘i bilan bizning kafedramizga maktablar bilan ustoz-shogird ishlarini olib borish maqsadida bizga Nurobod tumani Sazog‘on qishlog‘idagi 10- va 11-umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan shartnoma imzolandi va hamkorlik ishlari olib borildi. Shu munosabat bilan kafedramiz a’zolari yil davomida Nurobod tumanidagi 10- va 11- umumiy o‘rta talim maktablari bilan ustoz-shogird an’analarini o‘tqazib keldilar. Va maktablarga dars mashgulotlarini sifatli darajada o‘tqazish uchun o‘zlarini o‘quv-qo‘llanmalari bilan yordamlashib kelmoqda.

  7. Professor-o‘qituvchilarning dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish. Professor o‘qituvchilarning dunyoqarashi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini yuksaltirish, oshirish ishlari kafedramizda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Bu borada maʼnaviy ishlar bo‘yicha maʼsul shaxs sifatida SH.X.Keldiyorova haftaning seshanba va juma kunlari oralig‘ida Universitetining maʼnaviyat bo‘limi tomonidan berilgan maʼnaviyat soati mavzusi bo‘yicha va kafedra mudiri dotsent K.M.Xalikov boshchiligida o‘qituvchi va talabalarni ertalab 8:30 da maʼruza zaliga yig‘ib katta maʼnaviyat soati darsi o‘tkaziladi.