Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri

  Fakultet olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan O’zbekiston Respublikasi “ILM-FAN VA ILMIY FAOLIYAT TO‘G‘RISIDA”gi qonunida belgilangan muammolar va ularning yechimlariga tayanadi.  

  2023-2024 yillarda tugallangan tadqiqot ishlari natijalariga ko'ra, 4 ta doktorlik va 15 ta PhD dissertatsiya himoya qilindi, 826 ta ilmiy ishlar, xususan, respublika jurnallarida 331 ta, chet elda 269 ta, 41 ta monografiya, 42 ta o'quv qo'llanmalar, 108 ta o'quv - uslubiy tavsiyanomalar, Scopus va WoS jurnallarida 18 ta maqola, 17 ta darslik dastur ishlab chiqilgan.