Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Pediatriya fakuleti

1. Ta’lim turi: Bakalavriat

2. Mutaxassisligi: 5510200-pediatriya ishi

3. Malaka: tibbiyot fanlari doktori (pediatriya)

4. O'qish muddati: 6 yil

5. Ta'lim shakli: Kunduzgi

6. Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili

7. Fakultet kvalifikatsiyasi: 5510200 - Pediatriya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • shoshilinch yordam ko’lami bo’yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda amaliyotda qo’llash;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo’yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo’naltirilgan holda amaliyotda qo’llash;
  • reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo’lgan darajada qo’llash chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish ;
  • aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish.
  • Pediatriya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlari-ning turlari:
  • tibbiy-profilaktik;
  • tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  • tashhislash va davolash;
  • reabilitatsiya;
  • tibbiy-ijtimoiy;
  • tashkiliy- boshkaruv;
  • ilmiy-tadqiqot.