O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi, kasbga va xorijiy tillarga o‘rgatish, ishga joylashtirish, tadbirkorlik qilish uchun amaliy yordam ko‘rsatish, har tomonlama ko‘maklashib borish, yoshlar muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetiga biriktirilgan Payariq tumani Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qilayotgan “Og‘ir” toifadagi yoshlar holidan xabar olindi.
Uchrashuvda universitet rektori v.v.b. Eldor Tangirov yoshlar bilan uchrashib, oldingi uchrashuvlarda yoshlarning ehtiyoji va takliflaridan kelib chiqqan holda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar, ya’ni, bandiligini ta’minlash bo‘yicha yoshlarga sovg‘a qilinadigan jihoz, anjom va asbob-uskunalar yaqin kunlarda o‘z egalariga topshirilishi, shuningdek, yoshlar va ularning yaqinlarini beg‘araz tibbiy ko‘rik o‘tkazish haqida suhbat o‘tkazdi.
Uchrashuv so‘ngida, yoshlarning ma’naviy olamini yanada oshirish maqsadida o‘zbek milliy adabiyotidan badiiy kitoblar va sovg‘alar topshirildi.
SamDTU Matbuot xizmati