Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi

Uralova Zuxra

Bo'lim boshlig'i

Qabul vaqti: 8.30-17.00 (tushlik 13.00-14.00)
Tel: (0366)233-26-08
Fax: (0366)233-71-75
E-mail: sammimarketing@mail.ru
Manzil: Samarqand shahar, Amir Temur ko‘chasi 18 uy

MARKETING VA TALABALAR AMALIYOTI BO'LIMI


  Samarqand davlat tibbiyot universitetining mustaqil tuzilmasi bo‘lib, bevosita universitet rektoriga bo‘ysinadi. 1998-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga asosan “Marketing xizmati bo‘limi” tashkillashtirilgan.
  “Marketing xizmati bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 12-maydagi 2859-3-sonli O‘zbekiston Respublikasi “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qaroriga asosan Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limini “ Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi” departamentiga o‘zgartirildi.
  Marketing va talabalar amaliyoti bo'limining faoliyati “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa me’yoriy xujjatlar bilan belgilanadi. Bu oliy tibbiy ta’limning ko‘p bosqichlardan iborat tarkibining bir qismi bo‘lib, uning vazifasi Sog‘liqni saqlash muassasalarida mustaqil ishlash uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan


BO'LIM TARIXI


  Samarqand davlat tibbiyot universitetida Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi (Marketing xizmati bo‘limi) 1998-yilda tashkil etilgan va shu shu davr mobaynida quyidagilar marketing boshlig‘I lavozimida ishlab kelganlar:


1998-2005 yil E.S.Tairov
2005-yil X.M.Malikulov
2005-2008-yillar B.S.Abdullayev
2008-2010-yillar F.S.Oripov
2010-2013-yillar X.M.Raximova
2013-2016-yillar B.S.Abdullayev
2016-2020-yillar X.M.Raximova
2020-2020-yillar A.X.Ismatov
2020-2022-yillar B.A.Yo'ldoshev

  2022- yil may oyidan boshlab Uralova Zuxra Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi (Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi) boshlig‘i etib tayinlandi.


BOSHQARUVNING MAQSADLARI VA FUNKSIYALARI


  Bozor talabiga binoan o‘qitish va ta’lim berish bakalavriat, magisratura va klinik ordinatura yo‘nalishlarini kelgusida ishga joylashishga tayyorlaydi.
  Sog‘liqni saqlash va boshqa amaliy soxalarda yangi ish o‘rinlari (bo‘sh ish o‘rinlarini ) shakllantirish va ish beruvchilarning ma’lumotlar bazasini yaratadi.
  Bitiruvchilarning mavjudligi to‘g‘risida buyurtmalar portfelini shakllantirish, ishga olish uchun shartnomalar tuzadi va tayyorlaydi. Bitiruvchilarni ish bilan ta’minlaydi va monitoring tuzadi.
  SamDTU bakalavr, magistr va klinik ordinatura dasturlarida o‘qish imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotni tarqatadi, talabalar bilan shartnomalarni tuzadi va pul olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib boradi. Amaliyotni o‘tkazish maqsadida, yetakchi tibbiy klinikalarning ma’lumotlar bazalari bilan shartnomalar tuzadi.


 BO'LIM XODIMLARI


Z.T. Uralova – Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi (Buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va monitoring bo‘limi) boshlig'i.

X.M.Raximova – Bosh mutaxasis.

M.M.Norova – Bosh mutaxasis.

M.K.Abbasova – Bosh mutaxasis

R.A. Raximov – Marketolog